Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi sovuq havo harorati sababli Qozoğistonda bölib turgan va tranzit yönalişida harakatlanayotgan Özbekiston fuqarolariga ogohlantiriş bilan çiqdi.
Ma’lum qilinişiça, sönggi kunlarda Qozoğiston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovuşi natijasida yöllarda harakatlaniş bilan boğliq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Şuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolişi sababli respublika darajasidagi avtoyöllarda harakatlaniş çeklangan.
“Şu munosabat bilan, uşbu davlatda bölib turgan Özbekiston fuqarolaridan yöllarda harakatlanişda barça xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanişni, zarurat bölmaganda uzoq masofali yöllarda transport vositalarida harakatlanmaslikni söraymiz”, deyiladi agentlik xabarida.













