Özbekistonda imkoniyati çeklanganlar yetarliça qöllab quvvatlanayaptimi? Nogironlar va ular bilan turmuş qurganlarning mahzun hikoyalari
|21:25 / 05.11.202218 86710 min
Özbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar – yolğiz keksalar, boquvçisini yöqotgan, köp bolali oilalar, yolğiz onalar, nogironlar, bolalikdan nogiron bölganlar, mehnatga layoqatsiz şaxslar yetarliça qöllab-quvvatlanyaptimi? Bu oğriqli savolga javob beriş uçun bunday insonlarga tölanayotgan pensiya va nafaqalar miqdoriga köz taşlaş hamda ularning mahzun hikoyalarini eşitiş kifoya.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Bugun davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga tölanayotgan pullar narx-navolarga nisbat olinganda juda arzimas tuyuladi. Ayniqsa bolalikdan nogiron bölganlar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga berilayotgan nafaqa miqdori ança kam.
Agar bunday insonlar oilali va bir neça nafar farzandi bölsa, unda ularning rözğor tebratişi yanada qiyin keçadi. Bunday oilalar hatto farzandlariga tölanadigan nafaqalarni qöşib hisoblasa ham ular oladigan pulga yaşaş qiyin.
Joriy yil fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan un va un mahsulotlari hamda ösimlik yoği narxining keskin oşib ketdi. Buğdoy va un savdosining erkin bozorga qöyib yuborilişi ortidan Özbekistonda yetiştirilgan buğdoydan işlab çiqarilgan un hamda paxta yoği narxi keskin kötarildi.
Şuningdek, kundalik ratsionga kerak böladigan boşqa oziq-ovqat mahsulotlarning narxlari ham arzon emas. Bunday şaroitda nafaqat ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning, balki kam daromad köruvçi boşqalarning ham «qora qozon»ini qaynatişi oson bölmayapti.
Asosiy yeguliklar narxi bir baravar oşib ketgan hozirgi holatda mehnatga layoqatsiz va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa miqdori (hozir bunday toifa insonlar oyiga 698 000 söm oladi) keskin oşirilişi kerak. Zero, kimdir nogiron bölib tuğilgani yoki mehnatga layoqatsiz bölgani uçun aybdor emas.
Jilla qursa bunday toifadagi odamlar oila qurib, farzandli bölganidan keyin köproq miqdorda nafaqa olişi lozim. Voyaga yetib oilali va farzandli bölgan nogiron şaxs va nogiron bolaga bir xil miqdorda nafaqa tölanişi adolatdan bölmayapti.
Quyida nogironlar va ular bilan turmuş qurganlarning kişini öylaşga majbur qiladigan hayotiy hikoyalari keltiriladi.
«Tirikçilik oson bölmayapti»
«Menga sovçilar kelganda yigitning bolalikdan nogiron ekanini aytişgan. Uning suyaklari egri tuğilgan ekan. Şunday bölsa ham rozi böldim.Töydan keyin turmuş örtoğimda tutqanoq kasali ham borligini bildim.
Erim 19 yoşida yiqilib boşi lat yegan va nerv tomirlaridan biriga zarar yetgan. Tutqanoq kasaliga şunda çalingan ekan. Şifokorlar tavsiyasi bilan har doim tinçlantiruvçi dorilar içib yurarkan.
Turmuş qurgan kezimizda ham u har kuni narxi ança qimmat bölgan 2-3ta dori içib yurardi. Agar öşa dorilardan birini içmasa ham kasali qözib, bir neça minut özini bilmay qolardi.
Mavzuga oid
Turmuş qurganimizga 13 yil böldi. Uç nafar farzandimiz bor, ularning barçasi soğlom. Bu yil katta qizim ikkinçi sinfga ötdi.
Turmuş örtoğim kenja öğil bölgani uçun qaynota va qaynonam bilan yaşaymiz. Erimning nafaqa puli özi içadigan dorilarga yetmaydi va bizni qaynotam va qaynonam boqişyapti. Şuningdek, qaynilarim ham yordam berişadi.
Erim umuman işlay olmaydi. Men işlay desam bolalardan ortmayman. Oğir şaroitda ösayotgan bolalarim turli vitaminlar yetişmasligi ortidan tez-tez kasal bölib turişadi. Ularni davolatiş uçun birida pul topilsa, birida topilmaydi. Kelinlik sepimga olingan taqinçoqlarimni sotib işlatib böldim.
Şu paytgaça bolalarim yoş edi, bir burda non bilan qorni töyib ketaverardi. Endi ular ulğayib boryapti va bundan buyoğiga qanday yaşaymiz, bilmayman. Töğri, Xudo rizqimizni berib turibdi, ammo baribir arzimagan nafaqa bilan yaşaş qiyin» deydi suhbatdoşimiz.
«Yolğiz boşim bilan ikki nafar farzandni boqiş oson bölmayapti»
«Tuğilganimda bir oyoğim ikkinçisidan biroz kalta tuğilgan. Öşa paytlarda otam «qizimning qusurini heç kim bilmasin» deb bu narsani rasmiylaştirmagan. Ammo yurib ketganimdan keyin bu baribir bilinib qoldi.
Maktabni bitirganimdan keyin oyoğimdagi qusur tufayli ança yil turmuşga çiqa olmadim. Bu orada otam vafot etdi va men onam bilan qoldim. Akam va ukalarim özi bilan ovora edi.
Yoşim 30 ga yaqinlaşganda uzoq qişloqlardan biriga, xotini vafot etgan erkakka uzatişdi. U odam bilan uzoq yaşay olmadim, bir nafar farzand körib, ikki yil deganda uyga qaytib keldim.
Erim yomon odam emasdi, ammo qaynonam... U öğlini mendan qizğanar, hatto yarim keçada ham heç bir sababsiz yotoqxonamizga çaqirib kelaverardi. Ana şu narsa ajraşib ketişimizga sabab böldi.
Ota hovlimga qaytgaç bir neça yil yangalarimning qoş-qovoğiga qarab yaşadim. Şundan söng xotini yöq yana bir erkakdan sörab kelişdi. Garçi bolamni olib borişimga qarşi bölsa-da unga tegdim. Biroq u bilan ham hayotimiz öxşamadi.
Ikkinçi erimning aavvalgi xotinidan qolgan uç nafar farzandi meni umuman siğiştirmadi
Ayniqsa, ögay öğlim va kelinim menga juda yomon munosabatda böla boşlaşdi. Bir kuni erim uyda yöqligida ögay öğlim va kelinim oldimga kelib bu xonadonda uzoq qolib ketaman deb xomtama bölmasligimni, farzand, ayniqsa öğil köriş haqida umuman öylamasligimni aytişdi.
«Bu hovli otamdan söng menga qoladi. Mabodo öğil tuğaman va şu hovli uniki böladi deb öylayotgan bölsang adaşasan. Özingni ham, bolangni ham yöq qilib yuboraman», dedi ögay öğlim.
Qizim tuğilgandan söng ögay öğlim va kelinimning munosabati yanada yomonlaşdi. Qizim ikkalamizni bir nima qilib qöyişmasin deb u yerdan çiqib yana ota hovlimga qaytişga majbur böldim.
Şundan söng onam qişloq çetidagi boğimizning bir qismidan menga uy tiklab berdi. Ikkita bolam bilan öşa yerda yaşayapmiz. Uyni tiklaş paytida ukalarim Rossiyada edi, qariyb oltmişga kirgan onam loy qordi. Paxsa urilganda ustalarga yordamlaşdi.
Bolalarim bilan tomi loysuvoq, bitta xonasiga eski eşik derazalar örnatilgan uyda yaşay boşladim. Şaroitim yomonligi uçun prezident portaliga murojaat qildim.
Oradan bir neça kun ötib bir guruh odamlar kelişdi. Ahvolimni körib hokimiyat vakiliga uyimni tomini yopib berişni, moddiy yordam ajratişni va bolalarimga nafaqa belgilaşni buyurib ketişdi. Mahalla raisining aytişiça, ular Toşkentdan kelişgan ekan.
Ertasi kuni hokimiyatdan vakil kelib uyning tomiga ketadigan quriliş aşyolarini hisoblab ketdi. Bir neça kun ötgaç, hisoblagan narsasining yarmini yuboribdi. Mahallamiz raisi «Xudoga şukr qil, şuni olmaganlar ham köp» dedi.
Hozir na nafaqa olaman, na tayinli işim bor. Bunday holatda ayol boşim bilan bolalarni boqiş oson bölmayapti. Ularni yolğiz qoldirib uzoqroqqa işga borolmayman. Mahallada u-bu iş çiqsa qilaman. Bekor paytimda çopon tikib beraman, kimnidir boşqa yumuşini qilaman va şu bilan rözğor tebratamiz. Mahalladan birida yordam bersa, birida bermaydi.
Heç bölmasa nogironlik nafaqasi olib turay deb bir neçta taşkilotga bordim. Ular meni ikkinçi guruhga qöşa olmasliklarini, uçinçi va törtinçi guruh nogironlariga esa nafaqa tölaş ança oldin töxtatilganini ma’lum qilişdi.
Hozir bolalarimning ikkalasi ham maktabga boryapti. Kelajakda ularni ulğaytiriş oson bölmaydi, ammo çidaşga majburman» deydi suhbatdoşimiz.
«Farzandim voyaga yetib işlay boşlagunça tortgan azoblarimni eslagim kelmaydi»
«Bolaligimda bir oyoğim ikkinçisidan sal kalta holda tuğilganman. Tibbiy tekşiruvlarda 1 va 2-guruh nogironligiga tortmaydi deb röyxatga olişmagan.
Turmuş örtoğimdan sovçi kelganda uning tanasi soğlomligini, faqat eşitiş qobiliyati yöqligini va gapira olmasligini aytişgan. Yigit avval ham uylangan, uzoq yaşamasdan ajraşib ketgan ekan. Şularni bilib ham rozi böldim.
Töy ötgandan söng erim kar va soqovlarning maxsus maktabida öqimagani uçun imo-işora bilan gaplaşa olmasligi, savodi ham yöqligi, gaplarini yozuv bilan ifodalay olmasligi ma’lum böldi. Birinçi xotini özaro muloqotdagi qiyinçiliklarga çiday olmay ajraşib ketgan ekan.
Erimning aka-ukalari köp edi, ammo men kelin bölib tuşgan paytda ularning barçasi öz taşvişlari bilan ovora edi.
Erimning qölida biron hunar ham yöq, faqat dala işlarini qila olar, bunday şaroitda u bilan yaşaş qiyin edi. Ammo men ortga çekinmadim va sabr qildim.
Oradan biroz ötib öğlimiz tuğildi. Barça qiyinçiliklar şundan keyin boşlandi. Men boladan ortmasdim, erim esa işsiz. Şu holimizda davlat tomonidan beriladigan arzimagan nogironlik nafaqasiga yaşaşga majbur edik.
Töğri, qayin akalar yordam berişardi. Ammo qöldan berganga quş töymaydi deyilganday, ular beradigan yordam ham hisobli edi. 15 yildan oşiqroq şu holatda qiynalib yaşadik.
Öğlimiz 16 yoşga kirganda işlay boşladi. Hozir u 20 yoşda va endi oilani boqiş uning zimmasiga ötgan.
Oğir şaroitda yaşab körib bildimki imkoniyati çeklangan inson bilan oila qurib yaşaş juda qiyin ekan. Agar bunday oilalar 2-3 nafar farzand körsa, yaşaş battar oğirlaşadi. Ammo köpçilik arzimagan nafaqaga sabr qilib yaşab yuribdi».