Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat ijtimoiy suğurtasi töğrisida”gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokama uçun joylaştirildi.

Qonun loyihasi Özbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan işlab çiqildi.

Loyihaning maqsad va vazifasi – suğurtalangan va mehnat faoliyatini yurituvi şaxslarni daromad yöqolişiga olib keluvçi ijtimoiy xatarlardan himoyalaşni ta’minlaş.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinişi natijasida Ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobidan:

  • birinçi bosqiçda, 2025 yil 1 iyuldan boşlab barça suğurtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, suğurtalaş manbasidan qat’iy nazar, homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölab beriladi;
  • ikkinçi bosqiçda, 2026 yil 1 yanvardan barça suğurtalangan jismoniy şaxslarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, suğurtalaş manbasidan qat’iy nazar, vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tölab beriladi;
  • uçinçi bosqiçda, Özbekiston prezidentining qaroriga asosan suğurtalangan şaxslarga işsizlik nafaqasi va boşqa turdagi tölovlar joriy etiladi.

Qonun loyihasi doirasida:

  • 2025 yilning ikkinçi yarmida homiladorlik va tuğiş nafaqasini tölab beriş uçun 1,2 trln söm;
  • 2026 yilda homiladorlik va tuğiş nafaqasini tölab beriş uçun 2,8 trln söm hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tölaşga 2 trln söm xarajat talab etiladi.