Qozoğiston davlatini salkam öttiz yil boşqargan Nursulton Nazarboyev 2019 yil martida (vafot etmasdan turib) hokimiyatni Qosim-Jömart Töqayevga topşirdi. Lekin mamlakat boşqaruvidagi rolini yöqotmadi. Töqayev avvalboşda Elboşi siyosatini deyarli oğişmasdan davom ettirdi. Biroq 2022 yil yanvar oyida yuz bergan voqealar Töqayev va Qozoğiston siyosatiga jiddiy ta’sir körsatdi. Mamlakat islohotlar yöliga qadam qöydi va Elboşi epoxasi ustunlari birma-bir yöq qilina boşlandi. 20 noyabr kuni bölib ötuvçi prezident saylovlari bu kampaniyaning mantiqiy yakuni böladi.

Nazarboyev obrösiga keskin zarba bergan tartibsizliklar

Nursulton Nazarboyev 2019 yil 19 martda öz iste’fosini e’lon qilgandi. Uning örnini Konstitutsiya böyiça Senat raisi bölgan Qosim-Jömart Töqayev egalladi. Nazarboyev esa mamlakat Xavfsizlik kengaşi raisi böldi va özining Elboşi maqomini saqlab qoldi.

Töqayevning prezident sifatidagi ilk qarori poytaxt Ostona nomini sobiq prezident şarafiga Nur-Sultonga özgartiriş böldi. Keyingi yillarda ham Töqayev Nazarboyev siyosatini davom ettirdi. Nazarboyevning davlat işlaridagi ta’siri sezilib turdi. Deyarli barça Qozoğistonda hokimiyat almaşinuvi muvaffaqiyatli keçgani, Nazarboyev prezidentlikdan ketsa-da, öz hokimiyatini saqlab qolganini qayd etdi.

Biroq 2022 yanvarida yonilği narxlari oşirilişiga qarşi boşlangan namoyişlar barçasini özgartirib yubordi. «Qonli yanvar» deb nom olgan yanvardagi tartibsizliklar Qozoğistonda kuçli rezonans uyğotdi. Namoyişçilar mamlakatdagi korrupsiya, nepotizm (qarindoş-uruğçilik), byurokratiya va boşqa bir neça ön yillik muammolarni hamda prezidentlikdan ketsa ham, hokimiyatdan ketmayotgan Elboşi rejimini töliq tugatişni talab qildi.

Qozoğistonni yanvar oyi boşida yonilği uçun narxlar oşişi ortidan boşlangan norozilik namoyişlari qamrab olgandi. Foto: Reuters

Qozoğiston xalqi Nazarboyev epoxasidagi uning qarindoşlari, oligarxlar, poraxör amaldorlardan çarçagan, tizimli muammolarning hal qilinmay kelayotganidan norozi edi. Ular bu muammolar sababçisi sifatida Nazarboyev körilardi.

Butun mamlakat böylab Elboşi haykallari qulatildi yoki ziyon yetkazildi. Namoyişlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Şaharlarda talonçilik avj oldi. Nazarboyev va uning oilasining mamlakatdan qoçib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Sarosimaga tuşgan Töqayev Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) kuçlarini çaqirdi.