Olmaota sudi Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev jiyanining sobiq rafiqasi Gulmira Sotiboldini 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi Centralasia.

U odam öğirlaş, tovlamaçilik va özboşimçalik qilişda aybdor deb topildi. Uning haydovçisi va yordamçisi Madi Botirşayev odam öğirlaşda aybdor deb topilib, 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud, şuningdek, Gulmira Sotiboldidan jabrlanuvçi foydasiga 2,6 milliard tenge miqdoridagi moddiy zarar va 10 million tenge miqdorida ma’naviy zarar undirdi. Madi Botirşayevdan 2 million tenge undirilgan. Ikkalasi ham öz aybiga iqror bölmagan. Davlat ayblovi ularni mos ravişda 13 va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilişni söragan edi.

Sudning aniqlaşiça, 2019 yilda Gulmira Sotiboldi qarindoşi va biznes şerigi Abay Junusovni 5 milliard tengeni özlaştirişda ayblagan. U ayblovni rad etgan, şundan söng Sotiboldi yordamçisi Madi Botirşayevga murojaat qilgan. Ular birgalikda yigitni öğirlab, telefon va pasportini olib qöyişgan. Junusov 165 kun majburan uşlab turilgan. Bu vaqt içida Gulmira Sotiboldi qarindoşlari bilan birga Ostona va Olmaotadagi Junusovga tegişli bir neçta şirkat va kvartiralarni, ofis maydonini va maşinani öz işonçli vakillari nomiga ötkazib olgan.

Gulmira Sotiboldi Qozoğistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev jiyani Qayrat Sotiboldining sobiq rafiqasi, ular 2002 yilda ajraşgan.

Bu Gulmira Sotiboldiga nisbatan sud tomonidan çiqarilgan uçinçi hukm hisoblanadi. 2023 yil may oyida sud uni özboşimçalik va odam öğirlaşda ayblab, 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Öşa yilning iyun oyida u özgalarning mulkini özlaştirgani uçun 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.