Eronda norozilik namoyishlarida ishtirok etgan fuqaro o‘limga hukm qilindi
Eron sudi mamlakatda bir oydan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ishtirokchisiga birinchi o‘lim hukmini chiqardi. Yana besh nafar namoyishchi qamoq jazosiga hukm qilindi.
Tehron sudi mamlakatda 22 yoshli Mahsa Aminiy o‘limidan so‘ng boshlangan namoyishlar ishtirokchilaridan birini o‘lim jazosiga hukm qildi. 13 noyabr, yakshanba kuni Eronning Misan Online sud portaliga tayanib, AFP axborot agentligining yozishicha, bu jazo sentabr oyi o‘rtalaridan beri davom etayotgan namoyishlar ishtirokchilariga nisbatan chiqarilgan birinchi shunday hukm bo‘ldi.
Portalda mahkumning shaxsi va jinsini aniqlashga oid tafsilotlar keltirilmagan, biroq u hukumat binosiga o‘t qo‘yish, jamoat tartibini buzish va «milliy xavfsizlikka raxna solish»da aybdor deb topilgani ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, u «korrupsiya» va «mohareb»da ayblangan. Ikkinchisi Eron qonunchiligiga ko‘ra o‘ta og‘ir jinoyat sifatida tasniflanadi va qo‘shimcha ayblovlarsiz ham o‘lim bilan jazolanishi mumkin.
Shu bilan birga, Tehrondagi yana bir sud majlisida yana besh nafar namoyishchi turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilindi – ular «milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etishga til biriktirish» va «jamoat tartibini buzish»da ayblandi. Ayblanuvchilar besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi, ular apellyatsiya berish huquqiga ega.
Tehron va Berlin avvalroq Germaniya kansleri Olaf Sholsning Eron rasmiylarining namoyishchilarga munosabati haqidagi bayonotlari tufayli nomaqbul izohlar almashdi. «Agar u o‘z fuqarolariga qarata o‘q uzsa, bu qanday hukumat? Kimki shunday ish tutsa, bizning qarshiligimiz bilan hisoblashishi kerak», dedi Germaniya rahbari 12 noyabr kuni o‘zining videopodkastida.
Shu bilan birga, Shols Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urushda Rossiyaga qurol yetkazib bergani uchun Eron rejimiga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligining Berlindagi vakili bu bayonotlarni «aralashuvchi, provokatsion va unchalik diplomatik emas» deb atadi, shuningdek, «tarixiy aloqalarning yo‘q qilinishi» tufayli «uzoq muddatli oqibatlar» haqida ogohlantirdi.
Eronda hukumatga qarshi namoyishlar sentabr oyi o‘rtalarida Tehronda politsiya tomonidan hibsga olingan va bir necha kundan keyin vafot etgan 22 yoshli kurd qizning o‘limidan so‘ng boshlangan edi. Politsiyaning ta’kidlashicha, qiz uchastkada o‘zini yomon his qilgan, u yerdan kasalxonaga olib ketilgan va tez orada vafot etgan. Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘limga hibsxonadagi kaltaklar sabab bo‘lgan.
Mamlakatning yuzga yaqin shahrida bo‘lib o‘tayotgan tinimsiz mitinglar munosabati bilan oktyabr oyi oxiri holatiga ko‘ra, birgina Tehronning o‘zida 315 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan – ular «hukumatga qarshi tashviqot», «jamoat tartibini buzish», «mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida yig‘ilish va til biriktirish»da ayblanmoqda. Bundan tashqari, huquq faollari Eronda namoyishchilarning o‘g‘irlab ketilgani, shuningdek, ularning yaqinlariga bosim o‘tkazilayotgani haqida xabar berishgan.
Ayrim «isyonchilar», jumladan, mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish va tuzumga qarshi chiqish maqsadida noqonuniy qurol olib yurish, huquq-tartibot idoralari xodimlariga jarohat yetkazish, jamoat va davlat mulkini yo‘q qilish, o‘t qo‘yishda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
19:09 / 19.11.2024
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
11:54 / 19.11.2024