O‘zbekiston bosh vaziri raisligida Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tuzildi
Prezidentning “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Bosh vazir raisligidagi Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlanmoqda. Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanyapti. Uning asosiy normalari: Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining topshiriqlari barcha jismoniy hamda huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar uchun majburiy; Toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga Qoraqalpog‘iston Respublika Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.
O‘zgidromet hamda Davlat geologiya qo‘mitasi respublika hududlarida xavfli hodisalar jarayonlar monitoringini olib boradi, yig‘ilgan qor hajmlarini, sel va ko‘chki xavfi mavjud uchastkalarni aniqlaydi, ko‘llar holatini aerovizual o‘rganishlarni amalga oshiradi, har yili yozgi mehnat va maktab ta’tillari boshlanishidan oldin bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, sanatoriylar, sayyohlik bazalari joylashgan hududlar gidrologik va muhandislik-geologik holatini o‘rganib chiqadi.
Nizom bilan aholi va hududlarni toshqin va boshqa favqulodda hodisalardan himoya qilish quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:
O‘zgidromet hamda Davlat geologiya qo‘mitasi har yili 20 fevralga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga va hududiy komissiyalarga xavfli hodisalar va jarayonlar faollashishi mumkin bo‘lgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va obektlar, aholisi vaqtincha ko‘chirilishi yoki xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni taqdim etadi;
ishchi organ 1 martga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi 5 martga qadar tegishli yilda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar 10 martga qadar tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlaydi. Komissiya 10 martga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yig‘ilishi bayonidagi topshiriqlar ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi.
Mavzuga oid
09:51 / 06.11.2024
Ispaniyadagi suv toshqini: 89 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti
10:10 / 02.11.2024
Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 200 kishidan oshdi
09:10 / 01.11.2024
Ispaniyada toshqinlar qurbonlari soni 150 kishidan oshdi
08:50 / 31.10.2024