Ispaniyada halokatli suv toşqini qurbonlari soni kamida 205 kişiga yetdi. 1 noyabr, juma kuni qutqaruv xizmatlarining ma’lum qilişiça, köpçilik bedarak yöqolgan, qurbonlar soni ortib borişda davom etişi mumkin.
Ispaniyada 30 oktyabrga ötar keçasi kuzatilgan kuçli yomğirdan keyin mamlakat şarqidagi köplab hududlar suv ostida qolmoqda. Ayniqsa, Örta Yer dengizi böyidagi Valensiya mintaqasi qattiq jabr kördi, u yerda qutqaruvçilar 202 kişining jasadini topdi. Kastilo-La-Mança va Andalusiyada yana bir neça kişi halok böldi.
Bir kun oldin rasmiylar kamida 158 qurbon haqida xabar berişdi. Tabiiy ofatdan uç kun ötgani sababli, tirik qolganlarni topiş imkoniyati tobora kamayib bormoqda.
Berlin va Bryussel toşqindan keyin Ispaniyaga yordam taklif qildi
Yevropa Ittifoqi Ispaniya qutqaruv xizmatlariga yordam beriş uçun özining Copernicus sun’iy yöldoş tizimidan foydalanmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen özining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida ma’lum qildi.
Berlin suv toşqinlari paytida Ispaniyaga yordam taklif qildi. Germaniya kansleri Olaf Şols Berlin Madrid bilan «ehtimoliy yordam haqida muloqotda» ekanligini aytdi. Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer, öz navbatida, suv toşqinlarini «dahşatli tabiiy ofat» deb atadi.












