O‘zbekiston | 11:16 / 02.12.2022
9489
3 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasi loyihasi e’lon qilindi

Foto: Norma.uz

Prezidentning “Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanadi. Quyidagilar strategiya asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularga munosib mehnat shart-sharoitlar yaratish;
  • o‘qituvchilar ijtimoiy va mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda ular salomatligini mustahkamlash, farovonligini oshirish, ular sha’ni va huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish;
  • Barqaror rivojlanish 4-maqsadi 4.1-vazifasiga erishish uchun 2030 yilga qadar o‘qitish dolzarb va samarali natijalariga erishishni ta’minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko‘tarish;
  • davlat ta’lim standartlari va talablari, o‘quv rejalari hamda darsliklarni takomillashtirib borish;
  • ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar (PIRLS, TIMMS, PISA) natijalari hamda milliy baholash tizimi joriy etish asosida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish;
  • uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;
  • Jahon banki tavsiyalari asosida maktablar transformatsiya hamda natijaga asoslangan o‘qitishni tashkil etish uchun maktab boshqaruvi tizimini takomillashtirish; 
  • kompetensiyalarga asoslangan ta’lim natijalari standartlarini aniq belgilash;
  • xalq ta’limi xodimlari uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish, malaka oshirish turli shakllarini joriy etish;
  • umumta’lim muassasalarida umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida yoshlarni tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda maktabdan tashqari ta’limni qo‘llab-quvvatlash;
  • o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish tizimini yaratish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirib borish;
  • xalq ta’limi sohasida boshqaruv tizimini raqamlashtirish, o‘quv jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, elektron ta’lim resurslarini yaratish;
  • xavfsiz, inklyuziv, adolatli, gender tengligiga asoslangan, iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchan, sog‘lom va rivojlantiruvchi muhitni ta’minlagan holda barcha bolalar va yoshlarga sifatli ta’lim olish sharoitlarini yaratish;
  • Barqaror rivojlanish maqsadlariga asosan o‘quv muassasalari barcha uchun xavfsiz va samarali o‘quv muhitini ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaxshilash;
  • xalq ta’limi muassasalari moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini mustahkamlash, yangi o‘quvchi o‘rinlarini yaratish, nodavlat ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish.

Xalq ta’limi vazirligi har yili dekabr oyida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda strategiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini hamda asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar (KPI)larni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Mavzuga oid