Qozoğiston ta’lim vazirining aytişiça, özbekistonlik öquvçilarining xalqaro fan va sport olimpiadalarida yuqori örinlarni egallayotgani tizimda amalga oşirilayotgan islohotlarning natijasidir.

Tomonlar Toşkent, Ostona va Olmaota şaharlaridagi ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalarida öqituvçilar malakasini oşirişni taşkil etiş, şuningdek, zamon talablari asosida uslubiy qöllanmalar işlab çiqiş orqali ikki mamlakat maktablarida özbek va qozoq tillarini öqitiş sifatini oşiriş masalasini muhokama qildilar.

Uçraşuvda ikki davlat ta’lim muassasalari örtasida örnatilgan özaro hamkorlik aloqalarini jadallaştiriş va kengaytiriş, jumladan, qöşma tadbirlarni ötkaziş imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.