07:57 / 15.12.2022
5764

Polsha Seymi Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan oldi

Polsha parlamentining quyi palatasi Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan oldi. 

Foto: Twitter / Polsha Seymi

Seymning 231 (234 nafar saylovchidan) ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan tegishli rezolyutsiyasida Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkorligi BMT Nizomining kuch ishlatish taqiqlanishini qo‘pol ravishda buzish sifatida baholanadi, shuningdek, «Ukraina suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligini buzishdir». 

«Rossiya Federatsiyasi xalqaro maydonda yakkalanishi kerak», deb ta’kidladi Seym. Ayni paytda, 226 deputat, jumladan, muxolifat vakillari ham ovoz berishda qatnashmadi, deb xabar beradi PAP agentligi.

Qaror hukmron «Qonun va adolat» partiyasi kiritgan tuzatish bilan qabul qilingan: uning matnida 2014 yil iyulida urib tushirilgan, 298 yo‘lovchi va ekipaj a’zosi halok bo‘lgan "Malayziya havo yo‘llari"ning (MN17) reysi halokati uchun Rossiya bevosita javobgar ekanligi ko‘rsatilgan. 

Bundan tashqari, Rossiya 2010 yil aprel oyida Smolenskda Polsha harbiy-havo kuchlarining bortida 96 kishi, jumladan prezident Lex Kachinski, Polsha rasmiylari, yuqori martabali Polsha harbiy qo‘mondonlari va NATOga a’zo mamlakatlarning harbiy qo‘mondonlari, shuningdek Seym deputatlari bo‘lgan samolyot qulashi uchun javobgarligi bildirilgan.

Avvalroq, 7 dekabr, chorshanba kuni AQSh Senati xalqaro aloqalar qo‘mitasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakatlarini Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan oladigan rezolyutsiyani qabul qilgandi. 

Hujjat Rossiya Federatsiyasini ushbu mamlakatga harbiy bostirib kirishi paytida «Ukraina xalqiga qarshi genotsid aktlarini sodir etgani uchun» qoralaydi, AQSh va uning ittifoqchilarini Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va «bu dahshatli jinoyatlar uchun javobgarlar shaxslarni jazoga tortishga qaratilgan tergovlarni olib borishga» chaqiradi.

«Putin o‘z harakatlari bilan o‘z maqsadi - Ukraina xalqining mavjudligiga chek qo‘yish ekanini juda aniq ko‘rsatdi. Men shaxsan Irpen va Kiyev viloyatining boshqa hududlarida uning shafqatsizligining dalilini ko‘rdim», dedi rezolyutsiya mualliflaridan biri bo‘lgan respublikachi senator Jim Rish.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top