07:30 / 21.12.2022
1937

O‘zbekiston-Serbiya savdo uyini ta’sis etish rejalashtirilyapti

Foto: Dunyo

O‘zbekiston va Serbiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensiya vositasida iqtisodiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Maslahatlashuvlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va kengaytirish, uning barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston - Serbiya hamkorligi shartnomaviy-huquqiy bazasini, savdo-iqtisodiy sohada tegishli va amaliy ahamiyatga ega hujjatlar orqali kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish maqsadida tomonlar 2023 yili Belgradda Made in Uzbekistan nomi ostida O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazish, Serbiya savdo missiyasi yirik to‘qimachilik va oziq-ovqat ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga safarini tashkil etish, O‘zbekiston-Serbiya savdo uyini ta’sis etish masalalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Top