Kodeksning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Quyidagilar kodeksning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va ekologiya tizimlarini suv bilan barqaror ta’minlaş;
- suvni ifloslaniş, bulğalaniş va kamayib ketişdan muhofaza qiliş, suvga zararli ta’sirning oldini oliş va uni bartaraf etiş, suv obektlari holatini yaxşilaş, aholi va atrof muhit uçun suvdan foydalanişning ekologik xavfsiz darajasiga erişiş hamda uni saqlaş;
- suv resurslarini iqlim özgarişini inobatga olgan holda oqilona boşqariş, hisobga oliş va ulardan foydalaniş;
- davlat-xususiy şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş uçun şaroitlar yaratiş, suvdan foydalanuvçilar va xususiy sektorga suv xöjaligi obektlarining bir qismini beriş, boşqa bozor mexanizmlarini rivojlantiriş;
- yuridik va jismoniy şaxslarning suvga doir munosabatlar sohasidagi huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş;
- suv xöjaligi masalalari böyiça davlatlararo hamkorlikni rivojlantiriş.
Suv obektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalaniş obektlari bölişi va qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy şeriklik prinsiplari asosida foydalanişga berilişi mumkin, suv omborlari, sel-suv omborlari, şuningdek, xavf darajasi yuqori bölgan suv xöjaligi obektlari bundan mustasno.
Suv obektlari tanho yoki birgalikda foydalanişda bölişi mumkin.
Qonunçilikda belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy şaxslarga butunlay yoki qisman foydalanişga berilgan suv obekti tanho foydalaniladigan suv obektidir.
Tanho foydalanişga berilmagan suv obekti birgalikda foydalaniladigan suv obektidir.
Suv obektlari qonunçilikda belgilangan tartibda suv xöjaligi, sanitariya nazorati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelişilgan holda foydalanişga beriladi.
Suv obektlari suvdan foydalanuvçilarga suv iste’molçilarining qişloq xöjaligi, içimlik, davolaş va maişiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va özga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqçilik xöjaligi hamda boşqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondiriş uçun qonunçilikda nazarda tutilgan talablar va şartlarga rioya qilingan holda foydalanişga beriladi.












