Ikkinçi Verdun yoki Baxmut göşt maydalagiçi deya aytilayotgan Ukrainaning Baxmut şahri uçun janglar uruşning eng qaynoq nuqtasiga aylandi. Har ikki tomon bu yerga özining asosiy kuçlarini taşlagan. Şiddatli töqnaşuvlar heç kimga muvaffaqiyat keltirgani yöq. BBC jurnalistlari uruşning eng keskin nuqtasidan reportaj tayyorlaşga muvaffaq bölgan.

Foto: BBC

«Bu men qatnaşgan eng qiyin operatsiya. Duşman Baxmutga butun kuçini taşladi. Biz hali bunaqasini körmagan edik», deydi ukrainalik komandir.

«Qoya» psevdonimli ukrainalik zobit Donbass şarqidagi Baxmut şahri mudofaasini köz ilğamas köçadagi yerosti bunkeridan turib boşqaradi. Uşbu bunker şaharda Ukraina harbiylari tomonidan taşkil etilgan asosiy qömondonlik markazlaridan biri bölib, juda kam jurnalistlar bu yerda bölgan.

Uzun böyli, közlari çaqnab turgan, gavdali odam xonaning örtasida joylaşgan katta ekranda şaharning şarqiy çekkasida uçayotgan dron translatsiyasini kuzatmoqda.

Bölinmalardan biri Baxmutni himoya qiliş uçun oldinga siljigan boşqa bölinmaga yordam beriş uçun rus pozitsiyalari joylaşuvini aniqlaşga harakat qilmoqda.

Rossiya qurolli kuçlaridan taşqari, «Vagner»ning minglab yollanma askarlari ham Baxmut atrofidagi frontning oldingi çiziğiga jönatilgan.

Foto: BBC

«Vagnerçilar bizning şiddatli öqqa tutişimizga qaramay oçiqçasiga oldinga qarab yuradi. Hatto yer ularning jasadlari bilan qoplanganda, vzvoddagi 60 askardan faqat 20 nafari qolganda ham ular oldinga siljişni töxtatmaydi. Bunday bosimga doş beriş juda qiyin. Biz bunga tayyor emas edik va endi örganyapmiz», deydi «Qoya».

«Bir neça hafta oldin biz şaharning şarqiy çekkasidagi pozitsiyani yöqotdik, çunki duşman bizga tinmay hujum qildi. Biz askarlarimizni qutqariş uçun ikkinçi mudofaa çiziğiga ötdik. Biz aql bilan harakat qilib, bu pozitsiyalarni qaytarib olişga urinmoqdamiz. Ba’zan duşmanga bevosita hujum qiliş uçun orqaga çekinişingiz kerak böladi», — deya qöşimça qiladi u.

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asosçisi va rahbari Yevgeniy Prigojinning aytişiça, ukrainaliklar Baxmutning har bir uyini qal’aga aylantirgan va hozirda şaharda «500 ta mudofaa çiziği» mavjud.