Rossiya armiyasiga yollangan yana bir özbekistonlik erkak jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1973 yilda Qöştepa tumanida tuğilgan Alişer Xoliqov moddiy boylik orttiriş maqsadida qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş va yollaniş jinoyatini sodir qilgan.

Jumladan, u 2023 yil 26 may kuni “Döstlik avto” çegara bojxona posti orqali Qirğizistonga ötib, u yerdan “Öş-Sankt-Peterburg” yönalişidagi aviareys orqali işlaş maqsadida Rossiyaga çiqib ketgan. 2023 yilning noyabr oyiga qadar Sankt-Peterburg şahrida ijara asosida yaşab, turli yollanma işlarda işlab kelgan.

Alişer Xoliqov 2023 yil 24 noyabr kuni moddiy manfaat evaziga Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan bir yillik şartnoma imzolagan hamda Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişga rozilik bildirgan. Şundan söng, Xoliqov 80 nafar şaxs bilan birga Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari kuzatuvi ostida “Rossiya-Finlandiya” çegarasi yaqinida joylaşgan “Kaminka” nomli harbiy qismga joylaştirilgan.

U harbiy qismda 2 oy davomida öqotar qurol va öq-dorilardan foydalaniş usullarini örganib, jangovar tayyorgarlikdan ötgan. Söngra 2024 yil 24 yanvar kuni maxsus harbiy maşinalarda Belgorod viloyati Mayskiy aholi yaşaş punktida joylaşgan harbiy poligonga olib borilgan hamda u yerda ham harbiy maşğulotlarni ötagan.

Alişer Xoliqov 2024 yil 4 fevral kuni Rossiya Mudofaa vazirligi buyruği bilan Ukrainaning Luhansk viloyati hududida olib borilayotgan jangovar harakatlarga jalb etilgan. U şu kuniyoq dron orqali kelib tuşgan snaryad portlaşi oqibatida boş çap çakka sohasi, çap qöli, çap yelkasi va öng oyoq kaftidan jarohatlangan. Söngra Moskva viloyati Krasnogorsk şahridagi harbiy gospitalga olib kelinib, bir oy davomida davolangan. 2024 yil 4 iyul kuni esa “Sankt-Peterburg-Toşkent” yönalişidagi aviareys orqali Özbekistonga qaytib kelgan.

Alişer Xoliqov suddagi körsatmasida aybiga töliq iqror bölgan.

“Tanişimning gapi bilan Sankt-Peterburg şahriga borib, ikki oy novvoyçilik qildim. Ammo tanişim kelişuvdagi pulni bermadi. Söng “Magnit” nomli gipermarketning mahsulotlar taqsimlanadigan omborida yuk tuşiruvçi bölib uç oy işladim. Omborda Surxondaryo viloyatidan bölgan Akmal ismli yigit iş boşqaruvçi bölib işlardi. Iş haqimizni şu yigit berişi kerak edi, lekin bermadi, turli bahonalar qilib yurdi. Şunda men Akmalni urdim. Uning çaqiruvi bilan kelgan IIB xodimlari meni va Umid ismli tanişimni olib ketdi.