Jahon | 21:57 / 10.01.2023
4864
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yangi dron sinovdan o‘tkazildi 

Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dron 2,5 km balandlikka ko‘tarildi. 

Foto: Baykar

Turkiyada Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vertikal uchish va qo‘nish xususiyatiga ega dron sinovdan o‘tkazildi. 

Harbiy kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Bayraktar uchuvchisiz samolyoti 2,5 km balandlikka muvaffaqiyatli ko‘tarilgan.

2023 yildayoq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan dron avtonom va yarimavtonom parvozlar, shuningdek, avtonom uchish va qo‘nish xususiyatiga ega. 

Yangi dron Turkiya dengiz flotining flagmani TCG Anadolu desant kemasiga joylashtiriladi. 

Dron monitoring va razvedka ma’lumotlarini yig‘ish vazifasini ham bajarishi mumkin. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid