Transparency International xalqaro inson huquqlari taşkiloti özining 2022 yilga möljallangan Korrupsiyani qabul qiliş indeksida nisbatan yangi hodisaga – avtoritar mamlakatlar özlarining strategik taşqi siyosat maqsadlariga erişiş uçun korrupsiyadan foydalanişining kuçayişiga alohida e’tibor qaratdi. 

31 yanvarda e’lon qilingan indeks ekspertlar va işbilarmon doiralar örtasida ötkazilgan sörovlar asosida 180 ta davlatda korrupsiyani qabul qiliş darajasini baholaydi. Röyxatdagi tartib ballar soni bilan belgilanadi, bu yerda nol ball - korrupsiyaning maksimal körsatkiçi, 100 ball - uning töliq yöqligi. 

Röyxatda ötgan yillardagidek demokratik tuzilmalari, qonun ustuvorligi mustahkam davlatlar yetakçilik qilmoqda. 90 ball va birinçi örinni Daniya, ikkinçi örinni Finlandiya va Yangi Zelandiya, törtinçi örinni Norvegiya, beşinçi örinni Singapur egalladi. Germaniya 9-örinda. Sörovda qatnaşgan ekspertlar unga 79 ball, ya’ni 2021 yildagidan bitta kam ball qöygan. 

Korrupsiyani qabul qiliş indeksining quyi qismida qurolli mojarolar avj olgan va davlat tuzilmalari tanazzulga uçragan davlatlar – Liviya, Yaman, Suriya, Janubiy Sudan va Somali joylaşgan. 

Sönggi 10 yil içida eng köp ball yöqotgan davlatlar (minus 13 tadan) Turkiya va Vengriyadir. Transparency International holatni uşbu mamlakatlar hukumati tomonidan sud tizimi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati tuzilmalarining mustaqilligini çeklaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar kontekstida körib çiqmoqda, bu esa huquq himoyaçilari fikriça, korrupsiya va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşni qiyinlaştiradi. 

Barça possovet mamlakatlari içida eng yaxşi vaziyat Estoniyada, u 74 ball bilan Indeksda 14-örinni egallagan. Röyxatning birinçi qismida undan taşqari Litva va Latviya, şuningdek, Gruziya (56 ball va 41-örin) joylaşgan. 

Armaniston (63-örin) ötgan yili 2021 yilga nisbatan uç ball kam, ammo 10 yil avvalgidan 12 ball köp olgan. Belarusdagi vaziyat ham bir xil (91-örin) - ötgan yilgidan yomonroq, lekin 2012 yilga qaraganda yaxşiroq. 

Ukraina (116-örin) ham bir yil (plyus 1 ball), ham 10 yil içidagi (plyus 7 ball) reytingini yaxşilagan. Rossiya deyarli özgarişsiz qoldi. U Paragvay va Mali bilan 137-örinni bölişib, 10 yil oldingi kabi 28 ballga ega. Korrupsiya Tojikiston, Ozarboyjon va Turkmanistonda yanada keskinroq muammo sifatida qabul qilinyapti.