Kreml Rossiyaning Gurjistondagi parlament saylovlariga aralaşgani böyiça ayblovlarni «qat’iy rad etadi». Bu haqda 28 oktyabr, duşanba kuni bölib ötgan brifingda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Bu kabi ayblovlar köp mamlakatlarda odatiy holdir. Ular Rossiyani aralaşişda ayblaydilar. Yöq, bu ayblovlar mutlaqo asossiz», — deya uning sözlarini keltiradi «Interfaks» agentligi.
Şu bilan birga, Peskovning sözlariga köra, Gurjistonning özida «vaziyatni beqarorlaştirişga urinişlar ommaviy ravişda e’lon qilinmoqda» va «ötkazilmoqda». U Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvilining ovoz beriş rasmiy natijalarini tan olişdan boş tortgani va ommaviy noroziliklarga çaqirgan bayonotini şunday tavsifladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining qöşimça qilişiça, haqiqatdan ham Gurjistondagi saylovlarga aralaşişga urinişlar bölgan, lekin Yevropa davlatlaridan. «Buni heç kim yaşirmadi, Moskvadan farqli ölaroq, biz Gurjistonning içki işlariga aralaşmaymiz va aralaşmoqçi emasmiz», — deydi Peskov.
Yevroittifoq Gurjistonda saylovlardagi qonunbuzarliklarni tekşirişga çaqirdi
Yevrokomissiya va Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Gurjistondagi parlament saylovlari vaqtidagi qonunbuzarliklarni tekşirişga çaqirdi. «Biz Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi va boşqa tegişli organlarni saylovdagi qonunbuzarliklar va da’volarni tezkor, oşkora va mustaqil ravişda tekşiriş hamda körib çiqiş böyiça öz burçlarini bajarişga çaqiramiz», — deyiladi Yevropa taşqi harakatlar xizmati 27 oktyabr kuni e’lon qilgan bayonotda.
«Qonunbuzarliklar aniqlanişi va tuzatilişi kerak, bu qadam saylov jarayoniga işonçni tiklaş uçun zarur», — deyiladi unda. Sönggi oylarda Gurjiston xalqi «demokratik qadriyatlarga va öz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga yöliga sodiqligini namoyiş etdi», deya qöşimça qilindi Bryusselda.
Yevropa Ittifoqi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (YeXHT/DIIHB)ning yakuniy hisoboti va tavsiyalarini kutmoqda, ular imkon qadar tezroq amalga oşirilişi kerak. Ayni paytda Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel Gurjiston masalasini Yevropa kengaşining norasmiy sammiti kun tartibiga kiritiş niyatida. Uçraşuv noyabr oyi boşida Budapeştda bölib ötadi.












