Ukraina mudofaa vazirligi hisob-kitoblariga köra, Rossiya taxminan 500 ming askarni safarbar qilgan.
«Rasman 300 ming kişi haqida aytişgan, ammo biz çegaralarimizda qöşinlarni körganimizda, bizning hisoblarimizga köra ularning soni ança köproq edi», degan Reznikov fransuzlarning BFMTV telekanaliga bergan intervyusida.
Mudofaa vazirining sözlari Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi rahbari Oleksiy Danilovning bir kun oldin aytilgan, Rossiya 2022 yil 24 fevralida bölgani kabi şimol, janub va şarqdan bir vaqtda hujum qilişga urinib körişi mumkinligi haqidagi sözlariga mos keladi. Ğarbdagi harbiy ekspertlar ham şu kabi xavotirlar bildirişgan.
Ukraina mudofaa vaziri Fransiyada bölib turibdi, u bu yerda havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun MG-200 tipidagi qöşimça radarlar sotib oliş maqsadida muzokaralar olib bordi, uning sözlariga köra, bunday radarlar qurolli kuçlarning havodagi nişonlarni, jumladan qanotli raketalar va ballistik raketalar, şuningdek turli turdagi dronlarni aniqlaş imkoniyatlarini sezilarli darajada oşiradi.
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylarga Donbassni bahor oxiriga qadar egallaşni buyurgan. Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti (ISW) ham yaqinda Moskva qat’iy harakatga ötişi va Ukraina şarqida katta yuriş boşlaşga urinişi mumkinligini taxmin qilgandi.
Şu bilan birga, NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Putinning harbiy maqsadlari Ukrainaning şarqiy regionlari bilan çeklanib qolişi kafolatlanmaganini aytgan.
Avvalroq Bloomberg agentligi ham Kremlga yaqin manbasiga tayanib, Rossiya boş ştabi 2023 yil fevrali yoki martida Ukrainada yangi yuriş boşlaşni rejalaştirayotgani haqida xabar bergandi.
Bu ogohlantirişlar Ukraina janubi-şarqida vaziyat keskinlaşişi fonida yangramoqda: Donbassda qaqşatqiç janglar ketmoqda, fevralning dastlabki kunlarida Rossiya tomoni hududdagi Ukrain harbiylarining asosiy bazasi joylaşgan Kramatorskni öqqa tutdi, turar joy binolariga raketalar kelib tuşişi oqibatida beş kişi halok bölgan, beş kişi yaralangan.

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA




















