Telegram kanallarda tarqalgan videolarga köra, raketa havoda oltita jangovar kallaklarga bölinib, harbiy texnikalarni ta’mirlovçi “Yujmaş” zavodiga tuşgan va uni butunlay vayron qilgan.

Mahalliy naşrlarning qayd etişiça, zavodda AQŞning uruşda zarar körgan Bredli piyodalar jangovar maşinalari va Germaniyaning Leopard tanklari ta’mirlanayotgan bölgan.

Ukrain tomoniga köra, ballistik raketaga yadro bombasi joylanmagan bölsa-da, köp miqdorda – taxminan bir neça ön tonnalik an’anaviy kallakdan foydalanilgan. Dneprga, şuningdek, Kinjal aeroballistik raketasi va yettita X-101 qanotli raketalari ham uçirilgan bölib, oltita X-101 raketasi havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan urib tuşirilgan. 

Monitoring guruhlarining bildirişiça, rossiyalik harbiylar RS-26 “Rubej” ballistik raketasini Astraxan oblastidagi Kapustin Yar poligonidan (Qozoğiston çegarasiga yaqin) uçirgan. Bunday tipdagi raketani faqat AQŞning THAAD havo hujumidan mudofaa tizimi tutib qolişi mumkin, lekin bu tizim Ukrainda mavjud emas.

50 tonnalik qurol Ukraina hududiga uçib kelgunga qadar 5 daqiqadan kamroq vaqt sarflagani aytilmoqda.

Uşbu hujum AQŞ tomonidan Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga zarba berişga ruxsat berilgani ortidan röy berdi. Bu ruxsat olingaç, Ukraina 19 noyabr kuni ilk bor Rossiya hududiga, Bryansk oblastiga ATACMS zarbasini yölladi. 20 noyabr kuni esa ukrainalik harbiylar Britaniyaning Storm Shadow raketalari bilan Kursk oblastiga hujum qilindi.

Keça, 20 noyabr kuni Kiyevdagi xorijiy davlatlar elçixonalari, jumladan AQŞ elçixonasi ehtimoliy raketa hujumlari xavfi tufayli öz faoliyatini vaqtinça töxtatgan edi.