Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş yölida «katta sa’y-harakatlar» qildi. Bu haqda Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Kiyevda 3 fevral, juma kuni Yevropa Ittifoqi-Ukraina sammiti yakunlari böyiça çop etilgan qöşma bayonotida aytiladi.

YeI Ukrainaning sönggi oylarda Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi asosidagi maqsadlarga erişiş yölida körsatgan muhim sa’y-harakatlarini e’tirof etdi, Ukrainaning mana şunday oğir damlarda islohotlarga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqişladi va mamlakatni bu yölda davom etişga undadi, deyiladi hujjatda.

Sammitdan söng ötkazilgan matbuot anjumanida Ursula fon der Lyayyen Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişi uçun qat’iy muddatlar yöqligini, biroq Kiyev Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş uçun bir qator şartlarni bajarişi kerakligini ta’kidladi.

Şarl Mişel, öz navbatida, Yevropa Ittifoqi Kiyevni YeIga qöşiliş yölida qöllab-quvvatlaşini aytdi. «Ukraina bu - Yevropa Ittifoqi, Yevropa Ittifoqi esa bu - Ukraina, - dedi Mişel. - Biz har qadamda siz bilan bölamiz. Yevropa Ittifoqi bugun siz bilan, ertaga siz bilan va qança vaqt kerak bölsa, şunça siz bilan böladi».

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi sammitni uning mamlakati Yevropa integratsiyasi yölidagi barça tösiqlarni yengib ötişining «muhim ramzi» deb atadi. «Maqsadimiz mutlaqo aniq: Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi böyiça muzokaralarni boşlaş. Biz Ukraina va YeIni yaqinlaştiriş böyiça işda bir kun vaqtni ham boy bermaymiz», — dedi u.

Şu bilan birga, Ukraina davlati rahbari Yevropa Ittifoqini Rossiyaga öz harbiy salohiyatini tiklaşga imkon bermaydigan şunday sanksiyalar joriy etişga çaqirdi. «Öninçi sanksiyalar paketi yaqinlaşyapti, u 10 milliard yevroga teng böladi. Bu yana keng kölamli paket böladi», dedi Ursula fon der Lyayyen matbuot anjumanida. Bir kun oldin u Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining bir yilligi munosabati bilan 24 fevralda yangi çeklovlar töplami joriy etilişini va’da qilgan edi.

Tayyorlanişi dekabr oyida boşlangan sanksiyalarning 10-paketi boşqa çora-tadbirlar qatorida, sanksiyalar ostida qolgan Rossiya va Belarus fuqarolarining aktivlarini muzlatiş va ularning Yevropa Ittifoqiga kirişini taqiqlaşni ham öz içiga olişi kutilmoqda. Avvalroq fon der Lyayyen röyxatga ötgan yil davomida kiritilgan sanksiyalarni çetlab ötişga urinişlarga qarşi kuraş çoralari kiritilişini aytgan edi. Yevrokomissiya rahbarining sözlariga köra, YeI hamkorlar bilan birgalikda «Rossiya davlat aktivlaridan Ukraina manfaati uçun foydalaniş yöllarini ham örganmoqda».