AQŞ saylangan prezidentining tönğiç öğli kiçik Donald Tramp Kiyevga Rossiyaga qarşi harbiy yordam körsatiş doirasida ajratiladigan mablağni qisqartiriş haqida gapirdi. U Instagramʼda video joylaştirdi va unda şunday deb yozdi: «POV (inglizçada Point of view, Tasavvur qil): 38 kundan keyin sen öz nafaqangdan mahrum bölasan».

Video Respublikaçilar partiyasidan vitse-prezidentlikka sobiq nomzod Sara Peylin tomonidan joylaştirilgan videoga asoslangan. Yozuvda Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning yonida turgani aks etgan. Kamera Zelenskiyning ma’yus yuzini yaqinlaştiradi, kadr oq-qora rangga aylanadi, yuqoridan dollar kupyuralari tuşa boşlaydi, keyin esa kiçik Trampning yozuvi paydo böladi.

38 kundan söng, 17 dekabrda öz ştatlaridagi saylovçilar kollegiyasi AQŞ prezidenti va vitse-prezidenti saylanganini tasdiqlaydi.

Respublikaçilar partiyasidan saylovlar böyiça yuqori darajali strateg Brayan Lanza 9 noyabr kuni Trampning Ukraina böyiça ustuvor vazifasi Rossiya tomonidan qöşib olingan Ukraina hududlari Qrim va Donbassning bir qismini qaytarib olişga yordam berişdan köra, tinçlik bölişini aytdi. Keyinçalik, Reuters xabariga köra, saylangan prezident jamoasi bu sözlardan uzoqlaşgan.

Tramp yanvar oyida AQŞ prezidentligiga qaytadi

Avvalroq, Amerika yetakçisi Jo Bayden 13 noyabr kuni Oq uyda Tramp bilan işlarni ötkaziş masalasini muhokama qilişi ma’lum bölgan edi.

Ovozlarni sanab çiqişning dastlabki natijalariga köra, 5 noyabr kuni bölib ötgan AQŞ prezidentligi saylovida respublikaçilar partiyasidan nomzod Tramp ğalaba qozongan. Respublikaçi 312 saylovçilar kollegiyasi ovozini qölga kiritdi, demokrat vitse-prezident Kamala Harris esa 226 ovozga işonişi mumkin edi. Ğalaba qozoniş uçun öz ştatlarida saylovçilarni ifodalovçi 270 saylovçilar kollegiyasi ovozini oliş kerak edi.

Kamala Harris eng yuqori davlat lavozimi uçun kuraşda uçragan mağlubiyatini omma oldida tan oldi. AQŞning yangi prezidentining inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bölib ötadi.

Bayden hokimiyat öz vorisiga tinç yöl bilan ötişini ta’minlaşga va’da berdi. «Prezident sifatidagi vazifamni bajaraman. Qasamyodimni bajaraman va Konstitutsiyani himoya qilaman. 20 yanvar kuni bu yerda Amerikada hokimiyat tinç yöl bilan ötkaziladi», dedi Bayden 7 noyabr kuni qilgan murojaatida.