11:43 / 06.02.2023
10461

Rim papasi Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor

Pontifik tinchlikka erishish uchun Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan uchrashishga tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Rim papasi Fransisk / Foto: AP/Andrew Medichini

Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin hamda Volodimir Zelenskiy bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda, Corriere della Sera nashriga ko‘ra, pontifik 5 fevral, yakshanba kuni ma’lum qildi.

«Men ikkala prezident bilan ham, Ukraina prezidenti bilan ham, Rossiya prezidenti bilan ham uchrashishga ochiqman», — deb javob berdi Fransisk Rossiya va Ukraina yetakchilari bilan tinchlik masalasini muhokama qilish imkoniyati haqidagi savolga. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u xuddi shunday tashrifni Moskvaga amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagani uchungina Kiyevga ham bormagan. «Men muloqot qildim, chunki urushning ikkinchi kunida Rossiya elchixonasiga borib, muzokaralar uchun kichik imkoniyat bor ekan, Putin bilan gaplashish uchun Moskvaga borishni xohlayotganimni aytdim. O‘shanda vazir Lavrov bunga yuqori baho berishini aytdi, lekin: «keyinroq o‘ylab ko‘ramiz», deb javob qaytardi», dedi Fransisk. Avvalroq, 85 yoshli pontifik uning sog‘lig‘i Kiyev va Moskvaga safariga to‘sqinlik qilayotganini tushuntirgan edi. 

Avvalroq Fransisk bir necha bor Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lishga tayyorligini aytgandi, shuningdek, Ukrainadagi urushning tugashiga umid bildirgan va ukrainaliklar bilan birdamlikka chaqirgandi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top