Jahon | 23:10 / 05.09.2024
9274
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: «Rossiya Ukraina bilan Istanbul bitimi asosida muzokaralar o‘tkazishga tayyor»

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, ushbu kelishuvlar avvaliga Ukraina tomonini ham qanoatlantirgan, biroq mamlakat hukumati G‘arb ko‘rsatmasi sabab loyihadan voz kechishga qaror qilgan.

Foto: TASS

Vladimir Putin Rossiya 2022 yilda Istanbulda erishilgan kelishuvlar asosida Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu kelishuvlar avvaliga Ukraina tomonini ham qanoatlantirgan, biroq mamlakat hukumati G‘arb ko‘rsatmasi sabab loyihadan voz kechishga qaror qilgan.

«Biz ular bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyormizmi? Biz bundan hech qachon bosh tortmaganmiz. Ammo qandaydir vaqtinchalik talablar emas, balki Istanbulda kelishilgan hujjatlar asosida muzokara o‘tkazilishi kerak», — deydi Rossiya prezidenti Vladivostokda o‘tkazilgan Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil mart oyida tashkil etilgan Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari «tinchlik bitimining deyarli barcha parametrlarini» kelishib olishga muvaffaq bo‘lgan.

«Ha, hali ba’zi narsalar qayta boyitilishi kerak edi, lekin umuman olganda unda viza turibdi, bu axir hujjat-ku. Keyin Jonson keldi (Boris Jonson u vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri edi), Britaniya hukumati buni tasdiqlaydi, va ukrainlarga oxiriga qadar jang qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bugun Rossiyaning strategik mag‘lubiyatiga erishish maqsadida shu narsalar sodir bo‘lmoqda», — deya qo‘shimcha qiladi Putin.

Istanbul kelishuvlari Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish va yadroviy qurol yaratishdan bosh tortishini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, Kiyev «NATOning beshinchi moddasiga o‘xshash» xalqaro xavfsizlik kafolatlarini olishni maqsad qilgandi. Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar 2022 yilning may oyida to‘xtab qolgan.

Mavzuga oid