Moldova hukumati boş vazir Natalya Gavrilitsa bilan birgalikda iste’foga çiqdi. Bu qaror mamlakat prezidenti Mayya Sandu bilan maslahatlaşuvlardan söng qabul qilindi, dedi Gavrilitsa 10 fevral, juma kuni. «Hukumatda bir yarim yil işlaganimdan söng, iste’foga çiqişimni e’lon qiliş vaqti keldi. Biz inqirozga uçragan hukumatda hokimiyatga keldik va rivojlaniş, korrupsiyaga qarşi kuraş va YeIga integratsiya siyosatini olib bordik», - deydi u.
Natalya Gavrilitsaning sözlariga köra, hukumat öz faoliyati davomida «energetika şantajiga duç kelgan». «Ular biz taslim bölib, milliy manfaatlarga xiyonat qilgan avvalgi hukumatlar kabi iş tutamiz deb öylaşdi, ammo unday emas. Biz uzluksiz inqiroz rejimida işladik», - deya ta’kidladi Gavrilitsa.
Mayya Sandu boş vazirga «katta fidoyilik va sa’y-harakatlar uçun» minnatdorçilik bildirdi, şuningdek, Gavrilitsa inqiroz davrida hukumatni boşqarganini ta’kidladi. «Misli körilmagan qiyinçiliklarga qaramay, mamlakat mas’uliyat bilan, katta e’tibor va fidokorona mehnat bilan boşqarildi. Bizda barqarorlik, tinçlik va taraqqiyot bor - bu yerda boşqalar uruş va bankrotlikni xohladi», deb yozadi Moldova prezidenti.
Qonunga köra, hukumatni iste’foga çiqariş töğrisidagi farmon davlat rahbari tomonidan imzolanişi kerak, vazirlar mahkamasi esa yangi hukumat qasamyod qilguniga qadar öz vazifalarini bajarişda davom etadi.
Şu kuni prezident Sandu Moldova Xavfsizlik kengaşi kotibi, prezidentning xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Dorin Reçanani boş vazir lavozimiga nomzod sifatida körsatiş haqidagi farmonni imzoladi. Parlament fraksiyalari bilan maslahatlaşuvlardan söng, parlamentda köpçilikni taşkil qiluvçi (63 deputat) hukmron «Harakat va birdamlik» partiyasi (PAS) fraksiyasi Reçan nomzodini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli Moldova 2022 yilda energiya inqiroziga duç keldi. «Energetika xavfsizligi xavf-xatarlari biz duç kelayotgan asosiy narsadir – Ukraina orqali ulaniş tufayli, çunki bizda Ruminiya energetika tizimiga ulanişi mumkin bölgan yuqori voltli liniya yöq», dedi Gavrilitsa ötgan yilning dekabrida DW naşriga.
Uning sözlariga köra, Moldovada Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga bergan zarbalari tufayli butun mamlakat böylab ikki marta elektr energiyasi töliq öçirilgan. Bundan taşqari, Rossiya respublikaga gaz yetkazib berişni sezilarli darajada çeklab qöygan va uni butunlay töxtatiş bilan bir neça bor tahdid qilgan. Kişinyov ta’minot hajmining qisqarişini tölov masalalari bilan boğliq bölmagan siyosiy qaror deb atadi.












