2022 yilda NATO mamlakatlariga Rossiyaning kiberhujumlari soni 2020 yilga nisbatan tört baravar köpaydi. Bu haqda 16 fevral, payşanba kuni Google hisobotiga tayanib, AFP agentligi ma’lum qildi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi bilan hujumlar soni keskin oşdi. Şu bilan birga, Google ma’lumotlariga köra, Rossiya davlat idoralari tomonidan qöllab-quvvatlanadigan hakerlar 2021 yildan boşlab öz faoliyatini faollaştirgan.

Hisobotda aytilişiça, sönggi bir yil içida Rossiyaning Ukrainadagi kiberhujumlari soni uç barobarga oşgan. 2022 yilning dastlabki tört oyida oldingi sakkiz yilga qaraganda köproq narsa aniqlangan. Hakerlarning maqsadi Ukrainaning davlat boşqaruvi tizimlari va harbiy salohiyatini buziş edi. Google ma’lumotlariga köra, eng yuqori çöqqi fevral oyida - uruş boşida kuzatilgan.

«Kiberhujumlar kelajakdagi qurolli mojarolarda muhim rol öynaşi va uruşning an’anaviy şakllarini töldirişi aniq», - deya ogohlantiradi Google öz hisobotida.

Germaniyada ham sönggi oylarda infratuzilma obektlariga kiberhujumlar tez-tez yuz beryapti, deya ta’kidlaydi dpa agentligi. Yanvar oyida Germaniyada Bundestag, politsiya va muhim infratuzilmaning veb-saytlari hujumga uçradi.

Ayni paytda Germaniyaga kiberhujumlarning 43 foizi Xitoydan, 36 foizi Rossiyadan (2021 yilda Rossiya hujumlari 23 foizni taşkil qilgan) sodir bölmoqda.