2023 yil yakunlariga köra, Özbekiston dunyodagi eng yirik oltin işlab çiqaruvçilar orasida öninçi örinni egalladi. Bu haqda World Gold Council ma’lumotlariga tayanib, TASS yozdi.
Qayd qilinişiça, 12 oy davomida Özbekistonda 119,6 tonna qimmatbaho metall işlab çiqarildi.
Eng köp oltin işlab çiqargan mamlakat Xitoy böldi - 378,2 tonna. Ikkinçi örinda - Rossiya (321,8 tonna), uçinçi örinda - Avstraliya (293,8 tonna).
Oltin işlab çiqaruvçilarning yetakçi öntaligiga Kanada (191,9 tonna), AQŞ (166,7 tonna), Gana (135,1 tonna), Indoneziya (132,5 tonna), Peru (128,8 tonna) va Meksika (126,6 tonna) ham kirdi.
Bundan taşqari, ötgan yil natijalariga köra, Şveytsariya oltin va uning hosilalari eksporti böyiça birinçi böldi. Qimmatbaho metallni xorijda sotişdan bu mamlakat 107,2 milliard dollar daromad oldi. Ikkinçi örinda - Buyuk Britaniya (65,3 milliard dollar), uçinçi örinda - Xitoy (44,4 milliard dollar).








