Rossiya SHQ shartnomasida ishtirok etishni to‘xtatyapti
Federal majlis oldida nutq so‘zlagan Vladimir Putin Rossiya strategik qurollar shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatayotganini va yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga tayyorligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral, seshanba kuni Federal majlisda so‘zlagan nutqida Moskva Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnoma (SHQ)dagi ishtirokini to‘xtatayotgani va yangi yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazishga tayyorligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat kelishuvdan chiqmaydi, faqat undagi ishtirokini to‘xtatadi.
G‘arb davlatlari «o‘zlari bizni strategik mag‘lubiyatga uchratish niyatida ekanliklarini ochiq aytmoqdalar» va shu bilan birga «yadroviy inshootlarimizga yopishyapti», dedi Putin bu qadamni izohlab.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlar yadro qurolining yangi turlarini yaratmoqda va Rossiya yadroviy sinovlarni o‘tkazishga tayyor bo‘lishi kerak. «AQSh sinovdan o‘tkazsa, biz ham sinovdan o‘tkazamiz. Hech kimda global strategik tenglik yo‘q qilinishi mumkinligi haqidagi illyuziya bo‘lmasligi kerak», - deya qo‘shimcha qildi Putin.
Mavzuga oid
07:55
SIPRI: Butun dunyoda, ayniqsa Rossiyada qurol savdosi oshib bormoqda
20:40 / 01.12.2024
Qozog‘iston Rossiyaga qarshi qaysi sanksiyalarga amal qilmasligi ma’lum bo‘ldi
17:14 / 01.12.2024
Rossiyada urush xarajatlari rekord darajada ko‘p bo‘lgan budjet tasdiqlandi
16:22 / 01.12.2024