09:52 / 25.02.2023
7967

YeXHT Rossiyani insonparvarlik huquqini buzgani uchun jazolashni talab qilmoqda

YeXHT DIIHB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, urush oqibatlarini «Ukraina xalqi ko‘p avlodlar davomida his qiladi». Jinoyatchilar javobgarlikka tortilishi kerak, dedi Matteo Mekachchi.

Foto: AP

Rossiyaning Ukrainadagi urushi paytida inson huquqlari va insonparvarlik qonunchiligining buzilishi uchun mas’ul bo‘lganlar javobgarlikka tortilishi kerak. Bu haqda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 24 fevral, juma kuni Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi bir yilligi munosabati bilan e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Ukrainada tinch aholi harbiy zarbalar, shuningdek, boshqa turdagi zo‘ravonlik va g‘ayriinsoniy munosabatga duchor bo‘lishda davom etmoqda, deydi DIIHB. «Bir yil avval boshlangan mojaroning oqibatlarini Ukraina xalqi ko‘p avlodlar davomida his qiladi, - dedi byuro rahbari Matteo Mekachchi. - Inson huquqlari buzilishiga chek qo‘yilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak».

DIIHB 2022 yil 24 fevraldan buyon qonunbuzarliklar ustidan monitoring olib boradi. Byuro allaqachon Ukrainada va xorijda 140 ga yaqin jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilgan. Tashkilot «Rossiya tomonidan harbiy harakatlar olib borish xalqaro gumanitar huquqda belgilangan asosiy tamoyillarga umumiy e’tiborsizlik bilan tavsiflangani haqida ishonchli dalillar» borligini ta’kidlamoqda.

DIIHB tomonidan e’lon qilingan ikkita hisobotda «tinch aholiga qasddan hujumlar, qurollardan pala-partish foydalanish, qasddan o‘ldirish va ommaviy qatllar, zo‘ravonlik bilan g‘oyib bo‘lish va qiynoqlar» kabi joylardagi huquqbuzarliklar tafsilotlari keltirilgan.

Byuro Ukrainadagi demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati ham qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini ta’kidlaydi.

DIIHB ekspertlari ochiq, shaffof va inklyuziv qonunchilik hamda siyosiy jarayonlarni ilgari surish orqali Ukrainada demokratik boshqaruv va qonun ustuvorligini mustahkamlash, shuningdek, Ukraina diasporasini urushdan keyingi tiklanish jarayonlariga jalb qilish yo‘llarini muhokama qilyapti.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top