O‘zbekiston | 11:52 / 28.02.2023
28241
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat apparatining ayrim xodimlari lavozimidan ozod qilindi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra bir qator xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Ular:

Sharifbek Hasanov - Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan;

Ikrom Sariboyev - Vazirlar Mahkamasi Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasining Madaniy meros obektlarini saqlash va asrashga doir ishlarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan;

Ermat Ashirbayev - Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shu’basining Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan.

Bundan oldin ham Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi yangidan tasdiqlanganligi hamda boshqa ishga o‘tishlari munosabati bilan ayrim xodimlar lavozimidan ozod qilingandi.

Ular: Nodir Qosimov - Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limining mudiri lavozimidan; Azamat Oteuliyev - Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri lavozimidan; Doniyor Ermatov -  Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri lavozimidan.

Mavzuga oid