Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
Migratsiya agentligi Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritadi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
«Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilib uning negizida Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Agentlik tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
2025 yil 1 yanvardan:
- Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi;
- Agentlik zimmasiga har qanday tekshirish natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari soni va xususiyati haqidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda 5 kunda «Xorijda ish» elektron dasturiga joylashtirib borish majburiyati yuklanadi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 23:49 / 29.05.2025
-
Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi
Jahon | 23:17 / 29.05.2025
-
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi
Jahon | 22:44 / 29.05.2025
-
Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor
Jahon | 22:23 / 29.05.2025
Mavzuga oid

11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

18:09 / 13.05.2025
Deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish tartibi belgilandi

12:59 / 12.05.2025
Lisenziyasiz xorijga ishga jo‘natayotganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda - Migratsiya agentligi

08:07 / 12.05.2025