12:12 / 01.03.2023
9354

FQB COVID kelib chiqishi bo‘yicha o‘z taxminini e’lon qildi

FQB direktorining so‘zlariga ko‘ra, byuro uzoq vaqtdan beri pandemiya Uhandagi laboratoriya hodisasidan kelib chiqqan deb hisoblab keladi.

Kristofer Rey / Foto: Getty Images

AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) «ancha vaqtdan beri» koronavirus pandemiyasining sababi «ehtimol» Uhandagi laboratoriyadan sizib chiqish holatiga bog‘liq deb hisoblaydi. Bu haqda FQB direktori Kristofer Rey 1 mart, chorshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«FQB pandemiyaning kelib chiqishi Uhandagi potensial laboratoriya hodisasi bilan bog‘liqligini ancha vaqtdan beri baholab keladi», dedi u. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, bu Reyning FQB koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqqan bo‘lishi ehtimoliga oid tergovi yuzasidan birinchi ommaviy bayonoti.

«Shunchaki shuni ta’kidlamoqchimanki, Xitoy hukumati AQSh hukumati va yaqin xorijiy hamkorlarimiz amalga oshirayotgan ishlarga to‘sqinlik qilish va chalkashtirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti, shekilli. Bu hamma uchun achinarli», - deya qo‘shimcha qildi FQB direktori.

Reyning bayonoti The Wall Street Journal maqolasi chop etilganidan bir necha kun o‘tib e’lon qilindi, unda nashr AQSh Energetika vazirligi hisobotiga ishora qilgan. Vazirlik COVID-19 pandemiyasi laboratoriyadan kelib chiqqanini bildirgan. Energetika vazirligi virusning laboratoriyadan sizib chiqqani bo‘yicha versiyaga amal qilayotgan AQShning FQBdan keyingi ikkinchi federal idorasiga aylandi, deb yozadi WSJ. Yana to‘rtta razvedka agentligi virus tabiiy ravishda paydo bo‘lgan deb hisoblaydi, ikkitasi, shu jumladan Markaziy razvedka boshqarmasi hali bir qarorga kelmagan, deb yozadi gazeta.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top