15:40 / 02.03.2023
19260

Yonayotgan zamin va Donbass frontidagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 371-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina Rossiya regionlarida 27 va 28 fevral kunlari kuzatilgan dronlar hujumlariga aloqadorligini rad etdi. Prezident ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak gap «ichki hujumlar» haqida ketayotganini aytdi. Kremldagilar bunga «ishonmadi».
  • The New York Times nashri xabariga ko‘ra, Rossiya Donetsk oblastidagi Vuhledar shahri atrofida bu urushdagi eng yirik tanklar jangida yutqazgan va 130 dan ortiq tank va zirhli transportyorlaridan ayrilgan. RF mudofaa vazirligi 1 mart kungi brifingda Vuhledar atrofidagi vaziyatni tilga olmadi.
  • Ukraina qurolli kuchlari Baxmutdan «strategik chekinish»ni amalga oshirishi mumkin, bu haqda Ukraina prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Oleksandr Rodnyanskiy ma’lum qildi.
  • Davlat dumasiga Ukrainadagi urushning barcha ishtirokchilari, jumladan ko‘ngillilarni «obro‘sizlantirganlik» uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Uni 2 mart kuni ko‘rib chiqishadi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi hisoblashicha, Rossiya kamikadze dronlarini Bryansk oblastidan uchirishni boshlagan. Bunga qadar uchuvchisiz uchish qurilmalari faqat Krasnodar o‘lkasidan uchirilayotgandi. Rossiya mudofaa vazirligi bu xabarga munosabat bildirmadi.
  • Tula oblastida Aleksey Moskalyov hibsga olindi — u 2022 yil bahorida urushga qarshi surat chizgan maktab o‘quvchisi Mariya Moskalyovaning otasi hisoblanadi. U armiyani «obro‘sizlantirish» bo‘yicha ochilgan jinoiy ish figurantiga aylandi. «OVD-Info» ma’lumotiga ko‘ra, uning qizi vaqtinchalikka bolalar uyiga yuborilgan.

Chasiv Yar o‘qqa tutilishi oqibatlari

1 mart kuni Rossiya qo‘shini Chasiv Yarni o‘qqa tutdi — Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastidagi bu shahar orqali undan 13 kilometr sharqda joylashgan Baxmut shahridagi bo‘linmalariga ta’minot yetkazib beradi. Raketa zarbasi oqibatida bir necha binolar vayron bo‘lgan, bir keksa yoshli ayol halok bo‘lgan. Quyida shaharda otishma oqibatlari aks etgan suratlar.

Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi hospitali

Donbassda Rossiya qo‘shinlari yurish qilishda davom etmoqda. Ukraina bosh prokurori ofisiga ko‘ra, 1 mart kuni RF armiyasi Baxmut va Chasiv Yar shaharlarini, shuningdek Donetskdan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan Lastochkino posyolkasini o‘qqa tutgan. Quyida ukrainlarning Donetsk oblasti hududi front chizig‘i yaqinidagi dala hospitallari aks etgan suratlar.

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiy shifokorlari Baxmut yaqinidagi dala hospitalida yarador jangchini operatsiya qilmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Donbass frontidagi rossiyalik artilleriyachilar 

Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Donbass frontidagi ukrain jangchilari

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Dniproda urush vaqtidagi akvarium 

Nikolay Yerux (chapda) — Olesya Gonchar nomidagi Dnipro milliy universitet akvariumi direktori. Bu tasvir dispetcherlik xonasida olingan, bu yerda xodimlar baliqlarni oziqlantiradi va suv haroratini tartibga solib turadi. Otishmalar tufayli Dniproda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda, shu tufayli akvarium xodimlari baliq va reptiliyalar muzlab qolmasligi uchun binoni gaz va elektr pechkalar bilan isitishmoqda.
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xodimlar Gena laqabli timsoh akvariumini isitish uchun suv qaynatmoqda
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dnipro akvariumidagi timsoh Gena. Dnipro Ukraina qurolli kuchlari nazoratida va doimiy ravishda Rossiya tomonidan o‘qqa tutiladi. Fevral oyida shaharga kelgan Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar va vazirlik rahbari Oleksiy Reznikov mahalliy shifokorlar, hamshiralar, qutqaruvchilar, muhandislar, energetiklar va haydovchilarni taqdirlagandi.
Adri Salido / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top