19:32 / 03.03.2023
13968

Sirdaryolik er-xotinni 40 ming dollarga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Videodan kadr

Samarqand shahrida yashab kelgan, muqaddam sudlangan shaxs Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni AQShga jo‘natish evaziga 40 ming dollar talab qilgan.

U bir erkak va uning xotinini o‘z tanishlari yordamida dastlab Yevropaga, so‘ngra Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 12 ming AQSh dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u avval ham pul evaziga bir nechta fuqaroni AQShga noqonuniy tarzda yuborganligi aniqlangan. Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid
Top