O‘zbekiston | 14:09 / 03.03.2023
3843
1 daqiqa o‘qiladi

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Foto: Uzbekistan Airports

Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin — Toshkent — Xoshimin yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Aviatashuvchi va Uzbekistan Airports o‘rtasida yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolandi. Birinchi charter reysi 2023 yil 2 mayga belgilangan.

Parvozlar 367 yo‘lovchiga mo‘ljallangan A-330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parvozlar charter asosida har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.

VietJet Air — Vetnamda tashkil etilgan birinchi xususiy, xalqaro arzon aviakompaniya, shtab-kvartirasi Xoshimin shahrida joylashgan. VietJet Air besh yil davomida (2017-2021 yillar) eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida e’tirof etilgan.

Mavzuga oid