NATO qo‘mondoni: Rossiya 200 mingdan ortiq askarini yo‘qotib bo‘lgan
![](https://storage.kun.uz/source/9/V7L_EpGyppYXf_bZ68ugovqIcpTwxOVr.jpg)
Foto: RIA Novosti
Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Rossiya 2000 dan ortiq yirik jangovar tanklarini yo‘qotdi, urush davomida 200 mingdan ortiq rus askari va 1800 dan ortiq zobiti halok bo‘ldi yoki yaralandi, deb ma’lum qildi NATOning Yevropadagi birlashgan kuchlari qo‘mondoni general Kristofer Kavoli.
Rossiya armiyasi kuniga o‘rtacha 23 mingdan ortiq artilleriya snaryadlarini otyapti, deya Kavolining Hamburg shahar hokimiyatidagi an’anaviy tantanali kechada (Matthiae-Mahl) aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda dpa agentligi.
Bundan oldin NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaga ruxsat etilgan chegaralarni bir marta va oxirigacha ko‘rsatib qo‘yishga chaqirgandi.
«Biz Rossiyaga Yevropa xavfsizligiga putur yetkazishda davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. NATO Rossiyaning agressiyasini buzishi va tarix takrorlanmasligini ta’minlashi kerak», dedi u 22 fevral kuni Varshavada NATOning Sharqiy Yevropa sammitida.
Stoltenberg Ukrainaga qarshi urush boshlanishidan oldin ham Rossiya 2008 yilda Gruziyaga hujum qilgani, 2014 yilda esa Ukrainaning Qrim yarimorolini annexia qilib, Donbass separatistlarini qo‘llab-quvvatlay boshlaganini eslatdi.
«Biz Rossiyaning ko‘p yillardagi eng tajovuzkor xatti-harakatlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi boshlanganidan bir yil o‘tib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlikka tayyorgarlik ko‘rayotganidan darak yo‘q», - dedi Stoltenberg.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/epc0QlVz0-EUz2hY7UzGz4SRDNBOvTGU_medium.jpg)
11:04 / 26.07.2024
NATO Ruminiyada dron qulashini Rossiya hujumi sifatida baholamaydi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/lUhKZaQ9t-RFflfdIa0ogjy4xKIdnzUP_medium.jpg)
16:01 / 23.07.2024
NATO 500 mingdan ortiq harbiysini jangovar shay holatda saqlab turibdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Vr_P0dyFyOWeLvItJ40Y5n2UxWUwzDgJ_medium.jpg)
10:32 / 20.07.2024
Surishtiruv: Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlar Germaniyadan kelyapti
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/j4c5EKf_t2VoT1xt1sdskwwwS7FqJ9-J_medium.jpg)
07:50 / 20.07.2024