Ruminiya hududida Rossiya uçuvçisiz uçoqlari parçalari topilganidan keyin NATO Rossiyaning alyans hududiga ataylab hujum qilgani alomatlarini körmadi. Bu haqda 26 iyul, juma kuni Reuters xabar berdi. «NATOda Rossiyaning ittifoqdoş hududga ataylab hujum qilgani haqida heç qanday ma’lumot yöq, bu harakatlar mas’uliyatsizlik va potensial xavflidir», dedi alyans vakili.  

25 iyulga ötar keçasi Rossiya yirik hujumiga uçragan Ukrainaning Ismoil porti yaqinida joylaşgan Plauru qişloği hududida Rossiyaning Shahed uçuvçisiz uçoqlari parçalari topildi. Hodisa munosabati bilan, Ruminiya havo hududini himoya qiliş böyiça NATO missiyalarida qatnaşayotgan Finlandiyaning ikkita F-18 qiruvçisi kuzatuv uçun havoga kötarildi.

Ruminiya Mudofaa vazirligidan berilgan bayonotga köra, boşqa uçuvçisiz uçoqlar parçalarini qidiriş davom etmoqda. Departamentning aniqlik kiritişiça, dronlar qulaşi mumkin bölgan hudud «yaşaş joylaridan taşqarida joylaşgan va infratuzilmaning heç qanday elementi zarar körmagan».