15:53 / 04.03.2023
30890

«O‘zgidromet» kelgusi hafta boshida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotganini ma’lum qildi

Sinoptiklar hafta boshiga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: KUN.UZ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, 7 martda 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 6 martda 20-25 daraja issiq, 7 martda 13-18 daraja iliq, 8 martda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 7 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 8 martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 6-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 6 martda 20-25 daraja issiq, 7 martda 22-27 daraja issiq, 8 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 6 martda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi, 7 martda 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 6 martda 20-25 daraja issiq, 7 martda 22-27 daraja issiq, 8 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, 7 martda Jizzax viloyatida 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 7 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 8 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, 7 martda Qashqadaryo viloyatida 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 6 martda 21-26 daraja issiq, 7 martda 23-28 daraja issiq, 8 martda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 6-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 6 va 8 martda 17-22 daraja iliq, 7 martda 19-24 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 6 va 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir, baland tog‘liklarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 6 martda yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 6 martda 8-13 daraja iliq, 7 martda 12-17 daraja iliq, 8 martda 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top