17:47 / 09.03.2023
10681

Polsha prezidenti: MiG qiruvchilarini Ukrainaga topshirishga tayyormiz

Foto: AP

Polsha prezidenti Anjyey Duda CNN telekanaliga bergan intervyusida Varshava Kiyevga mamlakat harbiy-havo kuchlarida foydalanishda bo‘lgan bir qancha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini jo‘natmoqchi ekanini aytdi

«Biz bu qiruvchi samolyotlarni topshirishga tayyormiz va ishonchim komilki, Ukraina ulardan darhol foydalanishga tayyor holatda bo‘ladi», — deya uning so‘zlari ingliz tiliga tarjima qilingan. 

Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad avvalroq Facebook’da Ukrainaga MiG qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti kelganini yozgan edi. 

Idora boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Polsha bu yo‘nalishda birgalikdagi harakatlarga tayyorligini bildirgan. 

«Menimcha, qaror qabul qilish vaqti keldi», dedi Nad. «Ukrainada odamlar o‘lmoqda, biz ularga haqiqatan ham yordam bera olamiz», deya qo‘shimcha qildi u hamda siyosatga o‘rin bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Top