Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Xalqaro dengiz taşkiloti (XDT)ga murojaat qilib, Rossiya armiyasi tomonidan öqqa tutiliş kuçaygani fonida Odessa oblasti janubidagi portlarga kuzatuv missiyasini yuborişni söradi. Bu haqda u 16 oktyabr, payşanba kuni Odessada Nordic-Baltic Eight (NB8) guruhi yiğilişidan keyingi brifingda ma’lum qildi. Uning sözlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda.
Sibiga Rossiyaning Ukraina portlari, don omborlari va fuqarolik kemalariga hujumlari global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotganini ta’kidladi.
Yevroittifoq Rossiyani don kemalariga hujumlarni töxtatişga çaqirdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyani Qora dengizda don taşuvçi kemalarga hujumlarni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. 10 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrelning matbuot kotibi Piter Stano: «Bu hujumlar xalqaro huquqning oçiqdan-oçiq buzilişini taşkil etadi», dedi.
Uning sözlariga köra, Qora dengizda don taşuvçi kemalarga hujum qilib, Rossiya «Afrika va Osiyodagi yordamga muhtoj millionlab odamlarning oziq-ovqat ta’minotini xavf ostiga qöyadi», deb xabar beradi dpa agentligi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, Rossiya sönggi paytlarda Ukraina donini olib ketayotgan yuk kemalariga ataylab bir neça bor hujum qilgan.
Rossiyaning Ukraina janubidagi portlariga hujumi
10 oktyabr kuni Odessa oblasti harbiy ma’muriyati boşliği Oleg Kiper Telegramʼda Rossiyaning Odessa oblasti portlaridagi infratuzilma va fuqarolik kemalariga sönggi uçta zarbasi natijasida sakkiz nafar tinç aholi vakili halok bölganini ma’lum qildi. Kiperning sözlariga köra, «Rossiya ataylab tinç aholi va himoyasiz odamlarni nişonga olmoqda». Bu zarbalardan maqsad Ukraina öz donini eksport qilişiga yöl qöymaslikdir, deb yozgan edi u avvalroq.
Odessa OHM rahbarining sözlariga köra, 9 oktyabr kuni Rossiya Odessa port infratuzilmasini ballistik raketalar bilan öqqa tutib, Panama bayroği ostidagi konteyner taşuvçi Shui Spirit kemasini nişonga olgan. Uşbu hujum natijasida kamida olti kişi halok böldi, yana 11 kişi yaralandi.
7 oktyabr kuni Rossiya ballistik raketasi Palau bayroği kötarilgan fuqarolik kemasiga borib urildi. 60 yoşli ukrainalik, yuk taşiş bilan şuğullanuvçi xususiy kompaniya xodimi vafot etdi. Yana beş nafar xorij fuqarosi yaralangan, deb xabar berdi Kiper.








