Zaporijjya AESda raketa zarbalari tufayli elektr energiyasi to‘liq o‘chirildi
Rossiyaning tungi raketa zarbalari tufayli Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) to‘liq quvvatsizlandi, deb xabar bermoqda «Energoatom» korxonasi Telegram-kanali.
![](https://storage.kun.uz/source/9/i4zMb0_C5JTlalBZ-6GV43A6UuwraUOj.jpg)
Foto: Picture Alliance
Kompaniya bayonotiga ko‘ra, bosib olingan Zaporijjya AES va Ukraina energetika tizimi o‘rtasidagi so‘nggi aloqa liniyasi uzilgan.
«Endi stansiya quvvatsizlandi va ishg‘ol paytida oltinchi marta blekaut rejimiga o‘tdi», — deyiladi xabar matnida.
«Energoatom» shuningdek, 5 va 6-energobloklar sovuq holatga o‘tkazilayotgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Germaniya Radiatsiyadan himoya qilish federal idorasi (BfS) Ukrainada yadroviy avariya xavfi davom etayotgani haqida ogohlantirgandi. BfS rahbari Inge Paulini 18 fevral kuni dpa bilan suhbatda, jiddiy oqibatlarga olib keladigan yadroviy halokat xavfi urush davom etar ekan, saqlanib qolishi haqida aytib o‘tdi.
«Agressiv urush boshlanganidan bir yil o‘tib, bu tahdid jamoatchilik fikrida yana orqa planga o‘tmoqda», dedi u. Paulini elektr ta’minoti kabi xavf omilidan xavotir bildirdi. «Elektr energiyasi atom elektr stansiyasining xavfsiz ishlashi uchun zarurdir», dedi u harbiy harakatlar yana Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududidagi atom inshootlarining o‘chirilishiga olib kelishidan tashvishlanishini bildirib.
Urush paytida Zaporijjya atom elektr stansiyasi ko‘p marta o‘qqa tutilgan. Paulini obekt atrofida xavfsizlik zonasini yaratish bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. «Ukrainadagi va uning chegaralaridan uzoqdagi odamlarni himoya qilish kerak. Buni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik ham talab qilmoqda», - dedi u.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/xWiOMQ5Q69hBAzEF-61QCCjram_B1l-o_medium.jpg)
19:10 / 08.07.2024
Turkiyada «Rosatom»ning AES qurilishi uchun pullari xatlovga olindi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/HWPNWk86Sj4OGCiYm_PsX-QrEJGMOEEe_medium.jpg)
20:30 / 02.07.2024
Energetika, AES va budjet taqchilligi - Behzod Hoshimov bilan suhbat
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/bcRpQ5DC6BMq0aNlwPFiOmsitHkclohD_medium.jpg)
13:40 / 28.06.2024
Kichik AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi - «O‘zatom» vakili
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/vJBCuzxBwvT3lTwXzMUCcof-eRjWQbYr_medium.jpeg)
20:52 / 27.06.2024