Atom elektr stansiyalari (AES) heç qaçon harbiy nişonga aylanmasligi kerak. Bu haqda 3 sentabr, seşanba kuni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Grossi Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida DW savoliga javob berar ekan aytib ötdi.
«Atom elektr stansiyalariga heç qaçon, heç qanday şaroitda va ular joylaşgan davlat yoki joydan qat’i nazar, hujum qilinmasligi yoki ular harbiy nişonga aylanmasligi kerak. Bu hamma uçun amal qiladigan umumiy tamoyil», - deydi Grossi.
Şu bilan birga, AEXA rahbari Kursk va Zaporijjya atom elektr stansiyalarida (ZAES) sodir bölayotgan voqealarni soliştirmasligini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, Zaporijjya AESdagi vaziyatni «juda mört» deb ta’riflaş mumkin, çunki u har qanday vaqtda, jumladan, dron zarbalari tufayli ham buzilişi mumkin. Grossining Zaporijjya viloyatiga taşrifi çoğida stansiyaning sovitiş tizimlarini energiya bilan ta’minlaşga e’tibor qaratilişi kerak.
«Energoatom»: Rossiya qöşinlari Zaporijjya AES elektr ta’minoti liniyasiga zarar yetkazdi
2 sentabr kuni Rossiyaning Ukrainani navbatdagi ommaviy öqqa tutişi natijasida egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasida (ZAES) Ukraina energetika tizimidan keluvçi elektr uzatiş liniyalaridan biri şikastlangan. Bu haqda 3 sentabr kuni «Energoatom» Ukraina kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. «Ikkinçi liniya şikastlangan taqdirda, Zaporijjya AESining reaktor yadrolari va yonilği saqlaş havzalarini sovitadigan nasoslarga taşqi quvvat yöqolişi sababli favqulodda vaziyat yuzaga keladi», deyiladi xabarda.
Kompaniya matbuot xizmatining aniqlik kiritişiça, Rossiya qöşinlari tomonidan obektni qayta-qayta öqqa tutişi tahdidi tufayli ukrainalik mutaxassislar hozirça şikastlangan joyni közdan keçirib, elektr tarmoğini ta’mirlaş işlarini boşlay olmayapti. «Mutaxassislarga xavfsizlik kafolatlangandan söng, liniya ta’mirlanadi», - deya aniqlik kiritdi «Energoatom» va ayni paytda Zaporijjyaya AES Ukraina energetika tizimiga faqat bitta elektr liniyasi orqali ulanganligini ta’kidladi, bu esa atom stansiyasi yuqori xavf zonasida ekanligini bildiradi.
Zaporijjya AES 2022 yildan beri sovuq öçiriş rejimida
Zaporojjya AES Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boşlanganidan söng u rus qöşinlari tomonidan egallab olindi va u bir neça marta uçuvçisiz uçoqlardan hujumga duçor böldi hamda öqqa tutildi. Moskva va Kiyev bunda bir-birini ayblamoqda. AEXA Zaporijjya AESda «yadro xavfsizligining barça ustunlari» yöq qilinayotganini bir neça bor ta’kidlagan.












