18:43 / 10.03.2023
4251

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

Foto: KUN.UZ

2023 yilning 13 aprelidan boshlab Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, kunchiqar mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi aytilgan.

O‘zbekiston 2021 yil may oyi boshida Yaponiyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatgandi. O‘shanda bu koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq ekani aytilgan.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parvozlarni qisman tiklash 2022 yil bahor-yozgi navigatsiya davrida amalga oshirildi. Shu bilan birga, mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan keyingina muntazam parvozlarni tiklash mo‘ljallangan edi.

2015 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 500dan ortiq reyslar amalga oshirilgan hamda ushbu davrda o‘z manziliga yetkazilgan yo‘lovchilar soni 72 ming kishidan oshgan. 2020 yilda mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnov pandemiya sababli to‘xtatildi.

Top