Belarus tarixida ilk bor yapon josusi qo‘lga olindi
Josus mamlakatdagi va Ukraina bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha, shuningdek, Xitoyning «Bir kamar - bir yo‘l loyihasining amalga oshirilishiga oid ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullangan.
Belarusda Yaponiya maxsus xizmatlarining agenti qo‘lga olindi. Bu haqda Belteleradiokompaniyaga tayanib, «BelTA» agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu josus mamlakatdagi va Ukraina bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha, shuningdek, Xitoyning «Bir kamar — bir yo‘l» loyihasining amalga oshirilishiga oid ma’lumotlarni to‘plagan.
Davlat agentligining qayd etishicha, yapon agentining qo‘lga olinishiga oid batafsil ma’lumotlar 5 sentabr kuni «Belarus 1» telekanali orqali efirga uzatiladigan «Tokiolik «samurayning» muvaffaqiyatsizligi» maxsus reportajida e’lon qilinadi.
2022 yilning sentabrida Rossiya FXX Yaponiyaning Vladivostokdagi bosh konsulxonasi konsuli Motoki Tatsunorini josuslikda gumonlab qo‘lga olgan edi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, u «Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlardan biri bilan hamkorlikning holati, G‘arb sanksiyalari siyosatining Primorsk o‘lkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri to‘g‘risida» ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha tovlamachilik qilgan.
FXX e’lon qilgan videoda yapon konsuli restoranda bir qiz bilan stolda o‘tirgani tasvirlangan. Qiz unga qandaydir qog‘ozlarni beradi, konsul esa ularni olib qoladi. Shuningdek, FXX diplomatning so‘roq qilinish videosini ham e’lon qilgandi.
Natijada, Tatsunori «persona non grata» deya e’lon qilindi. Unga Rossiya hududini tark etish buyurildi. Yaponiya esa diplomatik kanallari orqali norozilik bildirdi. Yapon diplomatik idorasi sodir bo‘lgan holatni «o‘ta qayg‘uli va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan» deb hisoblagan edi.
Mavzuga oid
12:50 / 12.10.2024
Rossiya TIV Yaponiyaga AQSh bilan qo‘shma mashg‘ulotlar tufayli norozilik bildirdi
11:10 / 09.10.2024
Belarusda muxolifatchilarga qarshi yangi yirik ish ochildi
20:39 / 08.10.2024
Belarusda «davlat hokimiyatini egallashga uringan» 22 nafar muxolifatchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10:50 / 05.10.2024