20:57 / 10.03.2023
25403

O‘zbekistonda garovda ushlab turilgan qirg‘izistonlik ozod etildi 

Uning ozod qilinishi uchun 50 ming dollar talab qilishgan. 

Foto: Videodan kadr

Qirg‘izistonda erkak o‘g‘irlab ketildi va O‘zbekistonda garovda ushlab turildi. Uni qo‘yib yuborish uchun 50 ming dollar talab qilishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markaziga tayanib 24.kg xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, 28 fevral kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga Qirg‘iziston fuqarosi murojaat qilgan. U akasi O‘zbekistonda noma’lum shaxslar tomonidan garovda ushlab turilganini aytgan. 

2022 yil 23 oktyabr kuni Qirg‘iziston fuqarosi Jalolobod viloyatining Ola-Buqa tumanidagi «Baymak» nazorat-o‘tkazish punkti orqali aldab O‘zbekistonga olib ketilgan. U yerda besh oy ushlab turilgan. Uning ozod etilishi uchun yaqin qarindoshlaridan 50 ming dollar talab qilishgan. 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2023 yil 7 mart kuni o‘g‘irlab ketilgan shaxs Qirg‘izistonga yetkazilib, qarindoshlariga topshirilgan. 

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Qirg‘iziston fuqarosini o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, Namangan viloyatida tug‘ilgan ikki fuqaroni qo‘lga oldi. Ularni jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. 

Top