Turmush.kg naşrining xabar berişiça, 6 sentabr kuni Qirğiziston prezidentining Öş viloyatidagi maxsus vakili Elçibek Jantayev, şahar hokimi va rasmiylar nazorat-ötkaziş punkti va rekonstruksiya işlari bilan tanişgan.

Elçibek Jantayevga köra, «Qora-Suv» foydalanişga topşirilsa, Andijon va Öş örtasidagi eng yirik «Döstlik» nazorat-ötkaziş punktida yuklama kamayadi. Şuningdek, rekonstruksiya işlari doirasida «Qorasuv» nazorat-ötkaziş punktigaça bölgan yöllar ham kengaytirildi.

Qirğiziston rasmiylari 14 yil oldin yopilgan nazorat punkti oçilişga tayyor ekanini aytgan. Hozirça ikki mamlakat fuqarolari rasman qaçondan uşbu punkt orqali harakatlanişi mumkinligi aytilmagan.

Bundan taşqari, qöşni mamlakat rasmiylari «Intimaq» nazorat-ötkaziş punktiga taşrif buyurgan. Bu yerdagi Şahrixonsoy daryosi ustidagi köprik qayta tiklanmoqda. Köprik orqali ikki mamlakat avtomobillari harakatlanişi mumkin böladi. «Intimaq» nazorat-ötkaziş punkti 2004 yildan buyon yopiq edi.

Ma’lumot uçun, qirğiz rasmiylari tilga olgan ikkala nazorat ötkaziş punkti ham Andijon viloyatining Qörğontepa tumani bilan çegaradoş. Bu punktlarning muhimligi çegaraga yaqin hududda (taqriban 2 km) Öş viloyatidagi eng yirik Qorasuv bozori joylaşgan ekanida.

Özbekiston tarafi hozirça çegara punktlarining oçilişi borasida izoh bermadi.