Swarovski kompaniyasi Rossiyani butunlay tark etyapti
Swarovski ilgari faqat Rossiyadagi faoliyatini muzlatib qo‘ygandi, ammo endi butunlay ketishga tayyor. Uning Rossiyada 12 ta do‘koni bor.
Rossiyadagi faoliyatini muzlatib qo‘ygan, ammo bu davlat bilan biznes aloqalarini butunlay uzmagan Avstriyaning Swarovski kompaniyasi endi Rossiyadagi biznesini butunlay yopishga qaror qildi. Bu haqda Swarovski bosh direktori Aleksis Nazard 10 mart, juma kungi sonida chop etiladigan Trend Avstriya nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U kompaniyaning Rossiyadan ketishining aniq sanasini aytmadi, biroq bu tartib «barcha amaldagi qonunlar, jumladan, iqtisodiy sanksiyalar va boshqa savdo cheklovlariga muvofiq kelishilgan holda» amalga oshirilishini ta’kidladi.
Rossiyada Swarovski 12 ta filial va onlayn-do‘kon ochdi, ularning ishi Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan ko‘p o‘tmay to‘xtatildi.
Swarovski kristallar, zargarlik buyumlari, billur haykalchalar ishlab chiqarish, sintetik va tabiiy qimmatbaho toshlarga ishlov berishga ixtisoslashgan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari va bosh ofisi Avstriyaning Vattens shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
10:32 / 20.07.2024
Surishtiruv: Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlar Germaniyadan kelyapti
07:50 / 20.07.2024
Shols: Rossiya Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik sammitiga kelishi kerak
21:40 / 18.07.2024
«Lukoil» kompaniyasi asossiz olgan mablag‘ini qaytarishi zarur - Raqobat qo‘mitasi
11:02 / 12.07.2024