Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk va Lugansk oblastlaridagi ikkita aholi punkti nazoratga ötganini ma’lum qildi.
«Tsentr» qöşinlar guruhining bölinmalari Krasniy Yar hududidagi janglarga jalb qilingan, deya xabar beradi idora.
«Zapad» qöşinlar guruhining bölinmalari faol hujum harakatlari natijasida Nevskoye aholi punktini ozod qildi», — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Idora, şuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari AQŞda işlab çiqarilgan uçta HIMARS reaktiv snaryadi va 56 ta samolyot tipidagi uçuvçisiz uçiş apparatini urib tuşirganini qayd etdi.
«Tezkor-taktik aviatsiya, hujumkor uçuvçisiz uçiş apparatlari, raketa kuçlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari qöşinlari guruhlarining artilleriyasi ekipajsiz katerlar omborini vayron qildi, şuningdek, harbiy aerodrom infratuzilmasi, ikkita korxona: Ukraina Qurolli kuçlarini yoqilği bilan ta’minlaydigan neftni qayta işlaş zavodi, portlovçi moddalar va öq-dorilar işlab çiqariş joyi möljalga olindi», deb xabar qildi Rossiya idorasi.








