Toshkentda yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytda 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqib ketdi
Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.
![](https://storage.kun.uz/source/9/cQC8fOYVki-fG1vuEIFPk_ZRnBtdSCNm.jpg)
Foto: Bosh prokuratura
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida poyezd vagonlari relsdan chiqib ketgani aytilgan xabar tarqaldi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi axborot-tahliliy media markazi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 11 mart kuni soat 11:50 atrofida Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida 2101-sonli yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytida 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqib ketgan.
Kompaniya xabariga ko‘ra, tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan zudlik bilan holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ko‘rilib, voqea sabablarini o‘rganish boshlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati poyezd Qo‘qon — To‘qimachi — Aris (Qozog‘iston) yo‘nalishidagi yuk poyezdi tarkibida jami 51 ta har xil turdagi bo‘sh vagonlar bilan harakatlangan. Holat ortidan tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas.
Voqea joyida tergov-tezkor guruhi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/wOqqciGqEC7gqlDs9ApIfSkrgR-AoLW-_medium.jpg)
17:01 / 25.07.2024
Temiryo‘llarda narxlar oshdi, sifat qachon oshadi? Mas’ullar bilan suhbat
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/EBWuW1Z99Z1fJP72Zpt2QObf4t4uRS_t_medium.jpg)
09:22 / 15.07.2024
Voronej yaqinida yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/rcOWmKwEzaJpAUgeZ3b-ShCYKUBExlGa_medium.jpg)
17:37 / 13.07.2024
Bir guruh san’atkorlar poyezddagi konditsioner ishlamayotganidan shikoyat qildi. Temiryo‘lchilar uzr so‘radi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/I5qIWZPFi645zIsG1nkbIHZ6CUx73CKA_medium.jpg)
07:16 / 10.07.2024