Özbek şou-biznes vakillarining yölovçi poyezdlarda sovitiş tizimi işlamayotganidan noroziligi aks etgan videolarga “Öztemiryölyölovçi” rasmiy munosabat bildirdi.
Videoda san’atkorlar “Özbekiston temiryöllari”dan konditsionerli kupe uçun çipta sotib olgani, lekin amalda vagonda sovitiş tizimi işlamaganini aytişgan.
“Vagonlar eski, anomal issiq havo tufayli nosozlik kuzatilmoqda” – mas’ullar
“Öztemiryölyölovçi” yölovçilardan nosozlik uçun uzr söradi. Ta’kidlanişiça, bu poyezd 12 iyul kuni “Xiva — Andijon” yönalişida harakatlangan. Yöl davomida vagonda texnik nosozlik aniqlangan, yölovçilar vaqtinça boşqa vagonga ötkazilgan.
“Yölovçilardan sovitiş tizimi işlamayotgan taqdirda vagon kuzatuvçilariga, agar muammo yeçim topilmasa, poyezd boşliğiga murojaat qilişlari mumkinligini ta’kidlab ötamiz. Sönggi yillarda yölovçi vagonlar bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş işlari amalga oşirilmoqda va yangi vagonlar ham xarid qilinmoqda.
Yuqoridagi holat böyiça tegişli mas’ul xodimlarga körsatmalar berildi. Keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilardan uzr söraymiz”, – deyiladi izohda.
Şuningdek, rasmiylar bu yölovçi vagonlar ança eski ekani, 1991 yilda qurilib, öz muddatlarida texnik ta’mirlardan ötkazilganini ma’lum qilgan.
“Vagonga örnatilgan sovitiş tizimi texnik şartlariga köra, taşqi havo harorati +40 C darajadan yuqorilab ketganda, tizimning sovutiş samaradorligi yöqoladi. Hozirgi kunlarda mamlakatimiz hududi böylab kuzatilayotgan anomal issiq havo harorati tufayli ayrim vagonlarning sovitiş tizimlarida nosozliklar kuzatilmoqda.
Videolavhaga tuşirilgan poyezdning yöl davomida havo harorati +40 C darajadan yuqorilab ketgani sababli sovitiş tizimining kompressor uskunasi işlamay qolgan, natijada vagon sovitilmagan. Poyezd Toşkent-Janubiy vokzaliga yetib kelganidan söng, unga qöşimça qilib soz holatdagi vagon ulandi va yölovçilar uşbu vagonga ötkazildi”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Şuningdek, kompaniya ötgan asrlarda işlab çiqarilgan yölovçi vagonlarining sovitiş tizimlari, içki intereri, elektr tizimlari bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş uçun kerakli çoralar körilayotgani, bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qilinayotganini, buning uçun 1 yilda zamonaviy talablarga mos bölgan 27 ta yölovçi vagonlar xarid qilinganini qöşimça qilgan.

















